Maqsad – Özbekistonda qişloq xöjaligi sohasida, jumladan, gul yetiştiriş yönalişida işlab çiqilayotgan istiqbolli investitsiya loyihalariga saudiyalik investorlarni jalb etiş va tegişli şartnomalarni imzolaşdan iborat.

«Saudiya tomoni Özbekiston bilan gul yetiştiriş böyiça hamkorlik qilişdan manfaatdor. Bu borada Saudiya Arabistoni Atrof-muhit, suv va qişloq xöjaligi vazirligining 5 nafar mas’ul xodimi va 10 nafardan ziyod investorlarni gul yetiştiriş böyiça loyihalarga investitsiyalar kiritiş maqsadida Özbekistonga biznes-missiya bilan yuborişga tayyormiz», dedi Bandar Muhammad al-Saqhan.

Uşbu loyihalar respublikaning tuproq-iqlim şaroitiga mos 6 ta viloyatida, jumladan Toşkent, Jizzax, Samarqand, Namangan, Farğona va Andijon viloyatlarida amalga oşiriş közda tutilgan.

Amaliy safar doirasida saudiyalik investorlar va mamlakat işbilarmonlari örtasida bir qator şartnomalar imzolanişi rejalaştirilgan.