Ukraina bu yil Rossiyaning musodara qilingan aktivlarini xususiylaştiriş auksionlarida sotişdan tuşgan mablağni mamlakatni qayta tiklaşga sarflaşga umid qilmoqda. Bu haqda 11 may, payşanba kuni Reuters agentligiga bergan intervyusida Ukraina Davlat mulki jamğarmasi raisi Rustem Umerov ma’lum qildi.

Umerovning sözlariga köra, bir qator sohalardagi Rossiya biznesi bozorda muhim öyinçi bölgan, biroq uning aktivlarining aniq qiymatini heç kim hisoblamagan. "Bizning maqsadimiz - bularning barçasini davlat mulkiga ötkaziş, tayyorlaş va sotiş. Biz bu korxonalar Ukraina davlati, Ukraina fuqarolari uçun işlaşini istaymiz", - deya ta’kidladi Davlat mulk jamğarmasi rahbari.

Rossiyaning Ukrainadagi barça aktivlarini aniqlaş turli hukumat va huquqni muhofaza qiliş idoralari iştirokidagi uzoq va murakkab jarayon, deya tuşuntirdi Rustem Umerov. Uning sözlariga köra, bu yil fond 102 tagaça aktivni, asosan, köçmas mulk va avtomobillarni sotmoqçi.

“Ularni davlat mulki fondiga ötkaziş faqat mulklarni hibsga oliş va milliylaştiriş böyiça sud qarori qabul qilingandan keyingina amalga oşirilişi mumkin”, — dedi Umerov. Davlatga ötkaziş yangi mulkdorga huquqiy qiyinçiliklarsiz egalik qiliş uçun zarur, deya qöşimça qildi u.

"Ikkinçi çorak oxirida - uçinçi çorak boşida biz bu aktivlarni sotişga tayyor bölamiz", deb va’da berdi Ukraina Davlat mulk jamğarmasi rahbari. Umerovning sözlariga köra, rossiyalik egalar qayta röyxatdan ötiş tartibini amalga oşirgani tufayli ayrim qiyinçiliklar paydo bölyapti, bu holda gap bir neçta yuridik şaxslar haqida ketayotgan bölişi mumkin.