Holat yuzasidan dastlab Surxondaryo viloyati IIB ma’lumot berdi. Ma’lum bölişiça, voqea 6 maydan 7 mayga ötar keçasi, tungi 1:10 larda Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida sodir bölgan. Tumandagi Şaffof mahallasida yaşovçi S. ismli ayol IIB navbatçilik qismiga qönğiroq qilib, uyiga notaniş şaxs kelib köp marta eşigini tepib janjal qilayotganini aytgan.

IIBga köra, çaqiruv böyiça borgan IIV xodimi M.A. kuçli mastlik holatida bölgan fuqaro U.P.ni xodimning qonuniy talabini bajarmagani uçun Muzrabot tumani tibbiyot markazida taşkil etilgan alkogol mastlik holatidagi şaxslarga tibbiy yordam körsatiş tumanlararo punktiga olib borgan.

“Tibbiyot birlaşmasida ham davolanayotgan bemorlarning tinçligini buzib, qonuniy talablarga böysunmasdan, qöpol sözlar bilan haqoratlaşda davom etgan U.P.ni tinçlantiriş maqsadida IIB xodimi qat’iy harakat qilgan. Xodimning harakatlari yuzasidan hozirda Surxondaryo viloyat IIB mas’ullari tomonidan xizmat tekşiruvi ötkazilayotganini ma’lum qilamiz”, — deyiladi viloyat IIB bayonotida.

Şuningdek, holat yuzasidan Surxondaryo viloyati prokuraturasi ham bayonot berdi. Prokuratura bayonotida IIV bayonotiga qöşimça ravişda fuqaroning tinçligini buzayotgan şaxs profilaktika inspektori borgan vaqtda voqea joyidan qoçib ketgani aytilgan.

“Söngra, profilaktika inspektori uni topib, tuman tibbiyot birlaşmasidagi vaqtinçalik mastlik holatida bölgan şaxslarga tibbiy yordam körsatiş punktiga olib borib joylaştirgan. Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi prokuratura bayonotida.

Şuningdek, prokuratura iş natijasi böyiça manfaatdor şaxslarga tergov organi tomonidan qöşimça ravişda ma’lum qilinişini ta’kidlagan.