Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan saylovdagi raqibi, birlaşgan muxolifat nomzodi Kamol Qiliçdoröğlini Rossiyaning saylovlarga aralaşuvi haqidagi sözlaridan «uyalişga» çaqirdi. Bu haqda TRT xabar berdi.
«Endi janob Kamol Rossiyani masxara qila boşladi. Uning aytişiça, saylovlarni Rossiya boşqaroqda. Uyalmaysizmi? Uyaling. Agar biz Amerika, Angliya va Germaniya saylovlarni boşqaryapti desak, bunga nima deysiz?», dedi Erdöğan saylovoldi taşviqoti çoğida.
Uning sözlariga köra, Kamol Qiliçdoröğlining bayonotlari haqiqatga töğri kelmaydi.
Erdöğan Turkiya xalqini muxolifat nomzodining bayonotlariga işonmaslikka va 14 may kuni bölib ötadigan prezidentlik saylovida unga ovoz bermaslikka çaqirdi.
11 may kuni «Respublika xalq partiyasi» rahbari va Turkiya prezidentligiga nomzod Kamol Qiliçdoröğli Rossiyani saylovoldi «fitna»sini uyuştirganlikda, jumladan, soxta videolarni tarqatganlikda aybladi. Şuningdek, Rossiya hukumati prezidentlik saylovidan keyin ham hamkorlikni davom ettirişdan manfaatdor bölsa, «Turk davlatidan qölini tortişga» çaqirdi.
Avvalroq, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan raqibi Kamol Qiliçdoröğli tasvirlangan videoni namoyiş etdi. Unda mamlakatda terrorçi guruh deb tan olingan Kurdiston işçilar partiyasi rahbari Murat Qarayila paydo bölib, saylovda Qiliçdoröğliga ovoz berişga çaqirgan. Keyinçalik, Deutsche Welle jurnalistlari video soxta ekanini, ikkita turli lavhadan yasalganini aniqladi.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning boşqa davlatlar saylovlariga aralaşganlik ayblovlarini bir neça bor rad etganini aytdi. «Heç qanday aralaşuv haqida gap bölişi mumkin emas. Agar kimdir janob Qiliçdoröğliga şunday ma’lumot bergan bölsa, ular yolğonçi», degan edi Peskov.


















