Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ko‘p qirrali O‘zbekiston-Niderlandiya hamkorligining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Andre Karstens so‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, o‘zgarishlar va barcha jabhalarda jadal rivojlanish sur’atlarini ijobiy baholadi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha joriy yilda Haaga shahrida ikki davlat Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazish va aloqalarni yuqori darajada faollashtirish masalasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.











