Joriy yilning 26-27- aprel kunlari Özbekiston ikkinçi bor xalqaro kosmik hamjamiyat konferensiyasiga mezbonlik qildi. Özbekiston ikkinçi bor 30 dan ortiq davlatdan 250 dan ortiq kosmik korporatsiyalar, agentlik va qömitalar vakillarining uçraşuv joyiga aylandi.

"Özbekkosmos" tomonidan taşkil etilgan uşbu xalqaro konferensiyaning kun tartibi xalqaro hamkorlik va sarmoya, xavfsizlik, moliya, kosmik sohani tartibga soliş, yangi sun’iy yöldoş texnologiyalari, New Space industriyasidagi global tendensiyalar, Geoaxborot texnologiyalari, Yerni masofadan zondlaş, sun’iy yöldoşli aloqa kabi mavzularni qamrab oldi. 

Tadbir doirasida “Özbekkosmos” agentligi va Innovatsion rivojlaniş agentligi örtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida Özbekistonda CubeSat ilmiy-ta’lim sun’iy yöldoşini işlab çiqiş va uçirilişi rejalaştirilayotgani e’lon qilindi. Uşbu loyihaning asosiy maqsadi - sun’iy yöldoşni yaratiş, yiğiş, uçiriş va kelgusida boşqariş böyiça zaruriy salohiyatni yaratiş hisoblanadi. 

Şuningdek, Turkiya, AQŞ, Qozoğiston va BAA bilan bir qator qöşma loyihalar böyiça kelişuvga erişildi. Ularning aksariyati soha uçun yangi kadrlar tayyorlaşga qaratilgan.