«ÖzLiDeP» siyosiy kengaşi amaldagi prezident Şavkat Mirziyoyev nomzodini prezidentlikka körsatişni qöllab-quvvatladi. Bu haqda partiya Siyosiy kengaşining navbatdagi majlisida qaror qabul qilingan.

Majlisda muddatidan ilgari ötadigan prezidentlik saylovida «ÖzLiDeP»ning iştiroki va partiyaning navbatdagi qurultoyida partiyadan körsatiladigan nomzod masalasi muhokama qilingan.

«ÖzLiDeP Siyosiy kengaşi a’zolari Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev nomzodini Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga körsatiş masalasini navbatdagi partiya S’yezdi muhokamasiga kiritilişini bir ovozdan qöllab-quvvatladilar», deyiladi ÖzA xabarda.

Şu tariqa, ayni vaqtga kelib «Milliy tiklaniş»dan boşqa tört partiya prezidentlikka nomzodlarini aniqlab böldi.

Ekologik partiya va Özbekiston Xalq demokratik partiyalari öz rahbarlari Abduşukur Hamzayev va Uluğbek Inoyatovni prezidentlikka nomzod sifatida körsatadi. «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi nomzod körsatiş böyiça bölajak qurultoyda körib çiqiş uçun Robaxon Anvarovna Mahmudova nomzodini ma’qulladi.