O‘zbekiston | 12:02 / 13.05.2023
6405
2 daqiqa o‘qiladi

Qurilish obektlari loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda yangi uslub joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Qurilish obektlari loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda "hajm" uslubini joriy etish o‘tish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Kun.uz

Hujjatga ko‘ra, amaldagi loyihalashtirish tizimidagi narxlarni shakllantirishda hisob-kitoblar samaradorligi past ko‘rsatkichlarga ega. Loyiha-qidiruv tashkilotlari xalqaro standartlar asosida loyihalashtirish ishlarini amalga oshirish, xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va ilg‘or innovatsion dasturiy ta’minotlarni keng joriy etish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish lozim.

Loyiha bilan:

  • obektlarni qurishda tasdiqlangan namunaviy loyihalarga o‘zgartirishlar kiritish va individual loyihalardan foydalanishda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi ruxsatnomasi olinishi;
  • obektlar qurilishi bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish tasdiqlangan namunaviy loyihalarga asosida, ularni joyiga bog‘lash (privyazka) orqali amalga oshirilishi;
  • loyihalashtirish va qurilish jarayonida foydalaniladigan namunaviy loyihalarni o‘zgartirish kiritish cheklanishi;
  • qurilish ishlari “hajm uslubi”da bajarilgan obektlar bo‘yicha nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganish (tekshirish) o‘tkazilgan taqdirda, faqat ish turlari standartga muvofiqligi va bajarilgan ishlar hajmi e’tiborga olinishi belgilanmoqda.

Loyihani qabul qilinishi bilan yangi "hajm" uslubi joriy etilishi nafaqat kelajakdagi qurilish uchun dastlabki budjetni va uning samaradorligini aniqlashga, balki undan to‘g‘ridan to‘g‘ri loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bosqichida foydalanishga imkon beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid