Markaziy bank boşqaruvining qarori bilan Tölov tizimi operatorlari va tölov taşkilotlari faoliyatini litsenziyalaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

  • litsenziya oliş talablari va şartlari;
  • tölov taşkilotining muassislari, rahbarlari va ustav fondiga (ustav kapitaliga) qöyiladigan talablar;
  • taşkiliy, texnik, xavfsizlik hamda faoliyatning uzluksizligiga doir talablar;
  • litsenziya oliş uçun taqdim etiladigan hujjatlar röyxati;
  • arizani körib çiqiş, litsenziya beriş yoki uni berişni rad etiş tartibi;
  • litsenziyani qayta rasmiylaştiriş, uning amal qilişini töxtatib turiş va litsenziyani çaqirib oliş tartibi.

Özbekiston rezidentlari bölgan yuridik va jismoniy şaxslar hamda norezident yuridik va jismoniy şaxslar tölov tizimi operatori yoki tölov taşkiloti muassislari (iştirokçilari yoki aksiyadorlari) bölişi mumkin.

Xalqaro moliya institutlari, çet el banklari hamda çet el tölov tizimi operatorlari va tölov taşkilotlari hisoblanmaydigan norezident yuridik şaxslar hamda norezident jismoniy şaxslarning tölov tizimi operatori va tölov taşkiloti ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) jami uluşi 50 foizdan oşmasligi kerak.

Tölov tizimi operatori va tölov taşkiloti ijro etuvçi organlarining rahbarlari: oliy ma’lumotga ega bölişi, bank-moliya sohasida yoki AKT sohasida kamida ikki yillik tajribaga ega bölişi; nizomda belgilangan işçanlik obrösiga doir talablarga muvofiq bölişi kerak.

Lisenziya Markaziy bank tomonidan çeklanmagan muddatga beriladi. Tölov tizimi operatorlari va tölov taşkilotlari faoliyatini amalga oşiriş huquqi litsenziya berilgan vaqtdan boşlab vujudga keladi. Lisenziya berilganligi uçun “Davlat boji töğrisida”gi qonunda belgilangan miqdorida davlat boji undiriladi.