Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlarida ovozlarni hisoblaş jarayoni davom etmoqda.

A Haber agentligi ma’lumotiga köra, hozirga kelib saylov qutilarining 93 foizi oçilib, ovozlar hisoblangan. Amaldagi prezident Erdöğan hamon oldinda, ammo unga berilgan ovozlar miqdori 49,67 foizgaça tuşib ketdi, bu esa prezidentlik saylovlarida ikki haftadan keyin, 28 may kuni ikkinçi tur bölişini körsatadi. Uning asosiy raqibi Kamol Qiliçdoröğli töplagan ovozlar 44,59 foizga yetdi.

  • 99,2 foiz ovozlar hisoblanganidan keyin Erdöğanning natijasi 49,39, Qiliçdoröğliniki 44,97 foizni taşkil etmoqda. Ikkinçi tur böladi.

Şu bilan birga, ikki tomonning vakillari amalda öz nomzodlari ğalaba qozonganini aytmoqda.

Muxolifat nomzodi Kamol Qiliçdoröğli butun mamlakat böylab muxolifat kuzatuvçilarini saylov qutilaridan köz uzmaslikka çaqirgan. U şuningdek Oliy saylov kengaşidan yirik şaharlardagi ovoz beriş natijalarini e’lon qilişni söragan.

«60 foizdan boşlangan fantastika hozir 50 foizdan pastga tuşdi. Saylov byulletenlarini kuzatuvçilar va saylov komissiyasining mansabdor şaxslari heç qaçon öz joylarini tark etmasligi kerak. Bu keça uxlamaymiz, xalqim», — deya yozdi Qiliçdoröğli tvitterida.

Foto: AFP

Turkiya Oliy saylov kengaşi raisi Ahmet Yyener jurnalistlar qarşisiga çiqib, qisqa axborot berdi va sönggi rasmiy ma’lumotlarni e’lon qildi. Uning ma’lumotlariga köra, Turkiyada ovozlarning 47,08 foizi va xorijdagi saylov uçastkalaridagi ovozlarning 12,60 foizi rasman hisobga olingan. U rasmiy natijalar e’lon qilinişi qasddan keçiktirilayotgani töğrisidagi ayblovni rad etdi.

Muxolifat yetakçisi Kamol Qiliçdoröğli kengaşni natijalarni öz vaqtida taqdim etmayotgani uçun tanqid qilgandi.

Muxolifat bir neça bor natijalarga tanqidiy yondaşişga çaqirib, saylov komissiyasi rasmiylari hukumat manfaatlariga işlayotganini aytişgan.

Erdöğanning Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Umar Çelik esa ovozlarni hisoblaş jarayoni mutlaqo şaffof keçayotgani va barça prezidentning ğalabasini tan olişi lozimligini aytgan.

Anka xususiy yangiliklar agentligi ma’lumotiga köra, ovozlarning 78 foizi hisoblab çiqilgan holatda prezident Erdöğanda - 48,5 foiz, Qiliçdoröğlida - 45,7 foiz ovoz töplangan.