Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko ko‘zdan g‘oyib bo‘lib qoldi. U chindan kasalmi?
U 9 maydan buyon hech qayerda ko‘rinish bermadi - va hech qanday rasmiy bayonot bermadi.

Foto: Reuters
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bu safar Davlat bayrog‘i, gerbi va madhiyasi kunida jamoatchilikka ko‘rinish bermadi.
Prezident saytida Lukashenko nomidan tabrik e’lon qilingan, ammo shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda prezident tabrigi bosh vazir Roman Golovchenko tomonidan o‘qib eshittirilgan.
«Spektr» nashri qayd etishicha, so‘nggi ikki yilda Lukashenko bu kabi bayramlarda shaxsan ishtirok etgandi. Avvallari bu bayram «Davlat gerbi va Davlat bayrog‘i kuni» deb atalgan, ammo 12 aprelda nomga madhiya so‘zi ham qo‘shilgan.
Belarus prezidenti so‘nggi marta 9 may kuni Moskvadagi G‘alaba paradida jamoatchilikka ko‘rinish bergandi.
O‘shanda jurnalistlar Aleksandr Lukashenko o‘zini g‘alati tutayotganiga e’tibor qaratishgandi. U horg‘in ko‘ringan, Qizil maydon bo‘ylab 300 metr masofani bosib o‘ta olmagan, elektrokardan foydalanishiga to‘g‘ri kelgandi.
Shuningdek, uning qo‘li bintlanganini payqashgandi - bunday bog‘ich odatda tomizgichdan keyin qo‘yiladi. Bundan tashqari, Lukashenko Putin va Moskvaga tashrif buyurgan davlat rahbarlari bilan birga tushlikka ham qolmagandi.
U Minskka uchib ketgan, ammo an’anaga zid o‘laroq 9 may sharafiga uyushtirilgan tantanalarda qatnashmagandi. Lukashenkoning o‘rniga, uning topshirig‘iga ko‘ra, bayram tabrigi mudofaa vaziri Viktor Xrenin tomonidan o‘qib eshittirilgandi.
- Bu xabar e’lon qilinganidan biroz vaqt o‘tganida Lukashenkoning matbuot xizmati uning harbiy libosdagi suratini e’lon qildi.

RF Davlat dumasi MDH ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Konstantin Zatulin «Pod’yom» nashriga Lukashenko betobligini tasdiqlagan, ammo aynan qanday kasallikka chalinganiga aniqlik kiritmagan.
«Bu yerda g‘ayritabiiy narsa yo‘q, bu kovid emas. Odam shunchaki kasal bo‘lib qolgan. Betobligiga qaramay, bu odam, Moksvaga kelishni o‘z burchi deb bilgan, keyin o‘sha kuni kechqurun Minskda tadbirlar o‘tkazgan. Turgan gapki, biroz dam olishi kerak - bori shu», degan Zatulin.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Aleksandr Lukashenkoning sog‘ligi bo‘yicha rasmiy bayonotlarga asoslanishga chaqirdi.
«Rasmiy xabarlarga tayanish kerak. Minskdan bunday rasmiy xabarlar yo‘q va bu o‘rinda, biz rasmiy axborotga tayanish kerak deb hisoblaymiz», degan u Kreml Lukashenkoning ahvoli yomonlashgani to‘g‘risidagi xabarlarga qanday munosabatda bo‘lishi so‘ralganida.
Belarus muxolifatchisi Pavel Latushko esa Lukashenko infeksiyali-allergik miokarditga chalingani haqida aytdi.
Infeksiyali-allergik miokardit — yurak mushagi kasalligi bo‘lib, turli infeksiyalar (masalan, gripp) tufayli yuzaga keladi. Alomatlari: nafas olish og‘irlashishi, lohas his qilish, taxikardiya, yurakdagi va bo‘g‘imlardagi og‘riqlar.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevrkomissiya rahbari AQSh bojlariga javob qaytarishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 21:29
-
Sankt-Peterburgda migrantlar temir panjaralar orasida yotishga majbur bo‘layotganiga izoh berildi
Jamiyat | 20:48
-
Mirobod tumanida ta’mirlanayotgan binoda, Yunusobodda esa ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi
Jamiyat | 20:34
-
AQSh bosh prokurori Trampga qarshi ishlarga aloqador 20 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatdi
Jahon | 19:50
Mavzuga oid

13:57 / 10.07.2025
Belarusda Tixanovskaya demokratik kuchlarining vakillari «terrorchilar» deb tan olindi

07:37 / 03.07.2025
Lukashenko yil oxirigacha «Oreshnik» Belarusda joylashtirilishini ma’lum qildi

18:47 / 02.07.2025
Lukashenko 16 kishini, jumladan, «ekstremistik» jinoyatlarda ayblanganlarni afv etdi.

18:31 / 27.06.2025