Yakşanba kuni Turkiyada bölib ötgan prezidentlik saylovlarida nomzodlarning heç biri birinçi turda ğalaba qozoniş uçun zarur bölgan 50 foizdan ortiq ovozni töplay olmadi. Ayni vaqtga kelib saylov byulletenlarining 99 foizi hisoblab bölingan va endi natijalarda jiddiy özgariş bölişi kutilmayapti. Endilikda ğolib 28 may kuni bölib ötadigan ikkinçi turda aniqlanadi.
Turkiyada prezidentlik va parlament uçun ötkazilgan saylovlar tarixiy deb atalmoqda, çunki Rajab Toyyib Erdöğanning 20 yillik boşqaruvidan keyin ilk bor muxolifatda muvaffaqiyat uçun imkon paydo böldi.
Saylov qutilarining 99 foiz qismi oçilganidan keyingi natijalarga köra Erdöğan 49,35 foiz ovozga ega bölgan. Uning asosiy raqibi - muxolifatdagi olti partiya taşkil etgan «Milliy alyans»ning yagona nomzodi Kamol Qiliçdoröğli esa 45 foiz ovoz jamğargan. Prezidentlikka nomzod bölganlarning yana biri Sinan Öğanda - 5,22 foiz. «Vatan» partiyasi yetakçisi, 11 may kuni poygadan çiqişini e’lon qilgan Muharram Injyega ham baribir ovoz berganlar topilgan - 0,43 foiz.

Ikki asosiy nomzod ham dastlabki natijalar yuzasidan munosabatini bildirdi.
Erdöğan birinçi turdayoq ğalaba qozonişiga umid bildirdi, şu bilan birga, xalq xohiş-irodasi ikkinçi tur bölişini körsatsa, u bunga qarşi bölmasligini qöşimça qildi.
«Yakuniy natijalar aniq bölmasa ham, biz yaqqol ustunlik qilmoqdamiz. Saylovlar birinçi turda tugaydimi yoki yöqmi, hali bilmaymiz. Lekin agar xalq bizni ikkinçi turga yuborsa, biz bu qarorni hurmat qilamiz», degan u Adolat va taraqqiyot partiyasi ştab-kvartirasi balkonidan turib tarafdorlariga murojaat qilar ekan.

Uning raqibi, muxolifat nomzodi Kamol Qiliçdoröğlining ikkinçi turda ğolib çiqişiga işonçi komil.
«Kelgusi 15 kun içida xalqimiz bilan birgalikda adolat qaror topişi uçun bor kuçimizni işga solamiz. Xalqimizning işonçi komil bölsinki, biz albatta ğalaba qozonamiz. Jamiyatda özgarişlar istagi 50 foizdan yuqori», degan siyosatçi.

Qariyb barça ijtimoiy sörovlar ikkinçi tur bölişini başorat qilgandi, ammo köpçilik birinçi turda Erdöğan emas, Qiliçdoröğli ustun kelişini kutgandi.





















