Ijtimoiy tarmoqlarda Moskva şahridagi kafelardan biriga özbekistonlik 30 nafar migrant bostirib kirib, jinoyat sodir etgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Ammo örganişlar jarayonida ular Özbekiston fuqarolari emasligi aniqlandi. Bu haqda Moskvadagi özbek diasporasi xabar berdi.
Ma’lum bölişiça, 11 mayga ötar keçasi tibbiy niqobdagi 25 nafarga yaqin fuqaro şaharning Veşnyakovskaya köçasida joylaşgan “Monro” kafesiga kirib, kafe mulkiga zarar yetkaza boşlagan. Şuningdek, ular kafe xodimlariga ham hujum qilişgan. Voqeadan bir neça soat ötgaç, gumonlanuvçilarning bir guruhi hibsga olingan.
Şuningdek, bu voqeadan bir neça kun oldin uşbu kafe xodimlari va mijozlar örtasida yuzaga kelgan ziddiyat oqibatida kafe mulkiga yetkazilgan zarar uçun 30 ming rubl tovon puli undirilgan.
Veşnyaki tumani huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga köra, mazkur voqea gumonlanuvçilari orasida Özbekiston fuqarolari yöq.
















