Rasmiy ma’lumotlarga köra, 2022 yilda dunyo böylab kamida 883 kişi sud tomonidan qatl etilgan. Qatllar böyiça yillik hisobotini e’lon qiluvçi Amnesty International taşkiloti ma’lumotlariga köra, bu 2021 yilga nisbatan 53 foizga köp va bu 2017 yildan buyon jahon uçun rekord körsatkiçdir.
Amnesty International hisobotiga köra, ötgan yili 20 mamlakatda (Xitoydan taşqari) 883 kişi qatl etildi. Bu 18 mamlakatda 579 kişi qatl etilgan bir yil avvalgi körsatkiçdan ança yuqori. 2022 yildagi ösiş Yaqin Şarq va Şimoliy Afrika mamlakatlarida qatl etilganlar sonining sezilarli darajada oşişi bilan boğliq.
Taşkilot ma’lumotlariga köra, 2022 yilda Xitoyda ölim jazosi eng köp qöllangan. Ammo Xitoyda qatl etilganlar soni e’lon qilinmagani, davlat siri bölgani uçun aniq raqamlar ma’lum emas. Amnesty International qurbonlar soni minglab ekanini taxmin qilmoqda.
Eronda 2022 yilda kamida 576 kişi qatl etilgan, bu 2021 yilga nisbatan 83 foizga köp. Bu ösiş qotillik va giyohvand moddalar bilan boğliq ayblovlar böyiça hukmlar soni keskin köpayganidan keyin sodir böldi.
Saudiya Arabistonida bir yil içida qatl etilganlar soni uç barobarga oşib, 196 ta holatga yetdi, bu mamlakat uçun sönggi 30 yildagi eng yuqori körsatkiçdir. Bundan taşqari, ötgan yili Saudiya Arabistoni rasmiylari bir kunda 81 nafar mahkumni qatl qildi.
Qatl etilganlar soni böyiça Misr kuçli uçlikdan katta farq bilan «orqada bormoqda», u yerda 24 kişi qatl etilgan. Bu bir yil oldingiga nisbatan 71 foizga kam, ammo Misrda ölimga hukm qilinganlar soni yil davomida 51 foizga oşgan.
Qöşma Ştatlarda 2022 yilda 18 kişi qatl etilgan, bu 2021 yilga nisbatan 64 foizga köpdir. Ammo bu raqamlar AQŞ tarixi uçun eng past körsatkiçlardan biri hisoblanadi.
Şu bilan birga, ötgan yili Iroqda kamida 11 kişi, Singapurda 11 kişi, Quvaytda 7 kişi, Somalida kamida 6 kişi, Janubiy Sudanda kamida 5 kişi, Falastinda 5 kişi, Yamanda kamida 4 kişi, Bangladeşda 4 kişi, Myanmada 4 kişi, Belarusda 1 kişi va Yaponiya ham 1 kişi qatl etildi.
Şimoliy Koreya va Vetnam ham xuddi Xitoy kabi qatl etilganlar sonini oşkor qilmaydi. Amnesty International hisob-kitoblariga köra, bu mamlakatlarda ham «qatllar soni köp».
Hisobotda keltirilişiça, 2022 yil dekabr holatiga köra, dunyoning 112 ta davlati barça jinoyatlar uçun ölim jazosini, 9 davlat esa oddiy jinoyatlar uçun ölim jazosini bekor qilgan.

















