AQŞ Vakillar palatasining Xalqaro aloqalar qömitasi Rossiya hukumatini The Wall Street Journal (WSJ) jurnalisti Evan Gerşkoviçni va Rossiya Federatsiyasida josuslikda ayblangan Pol Uilanni ozod qilişga çaqiruvçi rezolyutsiyalarni qabul qildi. Bu haqda 16 may, seşanba kuni The Wall Street Journal naşri xabar bermoqda.

Har ikki rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilindi. Endi ular uçun Vakillar palatasi töliq ovoz berişi kerak. Yuridik kuçga ega bölmagan hujjatlarning qabul qilinişi Gerşkoviç va Uilanning qaytişi böyiça AQŞ prezidenti Jo Bayden ma’muriyatiga bosimni kuçaytiradi, deb ta’kidlaydi WSJ.

Rezolyutsiya Gerşkoviçni ozod qilişdan taşqari, Moskvadan AQŞ konsulligi xodimlariga u bilan tösiqsiz uçraşişga ruxsat berişni talab qiladi va Bayden ma’muriyatini uning hibsga olinişini Rossiya rasmiylari bilan muhokama qilişga çaqiradi.

“Rossiyada Evan Gerşkoviçni qamoqda saqlaşga asos yöq, u begunoh amerikalik jurnalist”, deyiladi rezolyutsiya matnida. “Evan aybsiz, u faqat Rossiyadagi yangiliklarni yoritişda öz işini bajarayotgan edi”, — deya Vakillar palatasining respublikaçilardan a’zosi Maykl Makkol hujjat qabul qilinişiga izoh berdi. "Rossiya yangi bosqiçga kötarildi. Biz Evanni qöllab-quvvatlaşimizni, Pol Uilanni qöllab-quvvatlaşimizni, ularning oilalarini qöllab-quvvatlaşimizni oçiq aytişimiz kerak", - deydi qömitada eng yuqori darajadagi demokrat Gregori Miks.