Yevropa Tiklaniş va taraqqiyot bankining Samarqandda bölib ötayotgan yillik konferensiyasi doirasida “Özbekiston investitsiya istiqbollari” mavzusidagi prognoz sessiyasi bölib ötdi. Kun.uz anjumanda yangragan ayrim fikr-mulohazalarni keltirib ötadi.
“Keyingi yillarda ham 5-6 foiz atrofidagi iqtisodiy ösişni uşlab qolişimiz lozim” — Şuhrat Vafoyev

Strategik islohotlar agentligi direktori Şuhrat Vafoyev keyingi davrda Özbekiston hukumatining asosiy maqsadi barqaror makroiqtisodiy va huquqiy tizim yaratiş ekanini ta’kidlab ötdi.
“Biz narxlarni barqarorlaştirişga alohida e’tibor qaratganmiz. Töğri, bu oson emas, ammo harakat qilyapmiz. Buning uçun moslaşuvçanlik kerak.
Yillik 5-6 foiz atrofidagi iqtisodiy ösişni uşlab qolişimiz lozim. Keyingi 5 yilda 120 mlrd dollar xorijiy sarmoyalarni jalb qilişni öz oldimizga maqsad qilib qöydik. Bu mablağlarning asosiy qismini infrastruktura loyihalarini amalga oşirişga yönaltiramiz. Şuningdek, 2026 yilgaça eksportni 30 mlrd dollarga yetkazmoqçimiz. Keyingi davrdagi asosiy maqsadimiz – barqaror makroiqtisodiy va huquqiy tizim yaratiş hisoblanadi”, – dedi Vafoyev.
YeTTBning Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Alkis Drakinos joriy yildagi sovuq qiş mavsumini esladi va hukumat qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirişga alohida e’tibor qaratayotganini ta’kidlab, Şuhrat Vafoyevdan bu qanday körinişda amalga oşirilişi va sarmoya masalasi qanday hal etilişini söradi.
“Albatta, barqaror infrastruktura aholi va investorlar uçun juda muhim. Bizda xususiy sektorni uşbu tarmoqqa jalb qiliş tajribasi bor. Oxirgi yillarda noldan boşlab bu borada e’tiborli yutuqlarga erişdik. Endilikda xususiy sektorni yetkaziş va qayta taqsimlaş işlariga ham jalb qilişni rejalaştiryapmiz. Har tomonlama integratsiya qilingan yeçimlarni işlab çiqişimiz va generatsiya quvvatlarini kengaytirişimiz kerak”, – deya javob berdi Strategik islohotlar agentligi direktori.
“Keyingi qadam – Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş” — Jamşid Xöjayev

Özbekiston boş vaziri örinbosari Jamşid Xöjayevning ta’kidlaşiça, savdo aloqalarini rivojlantirişda infrastrukturaga aloqador muammolarni hal qiliş asosiy maqsad hisoblanadi.



















