Yaqinda Kun.uz muxbiri, hamkasbim Farrux Abdusattarov AQŞga safar qilib, köplab reportajlar tayyorladi. Jumladan, Florida ştatida joylaşgan “Al-Buxoriy” masjidi faoliyati haqida, bu masjidning mas’ullari bilan ham suhbat yozib olgan edi. Özbekistonga qaytgaç, Farrux bu materiallarni Özbekiston Respublikasi Din işlari böyiça qömitasiga yubordi. Şu kunlarda, qömitaning javobi keldi. Javob esa, nihoyatda ajib. Bir söz bilan aytganda, qip-qizil senzura.

Avvalo, Din işlari qömitasi nima uçun kerak, degan savolga javob izlasak. Özbekiston – respublika, ya’ni, hokimiyatning yagona manbai – bu Özbekiston xalqi. Şuningdek, Özbekiston – huquqiy, demokratik, dunyoviy davlat. Xalqning erkinliklari, haq-huquqlarini örganiş va ta’minlaş uçun, davlat – ya’ni hokimiyat, Vazirlar Mahkamasi qoşida Din işlari qömitasini tuzgan.

Qömitaning asosiy vazifasi – Özbekiston Konstitutsiyasida aytilgan vijdoniy va diniy erkinliklarni ta’minlaş! Qolaversa, insonlarning qonun oldidagi tengligini ta’minlaş hisoblanadi. Ya’ni, qömita – insonlarni diniy va vijdoniy qaraşlarini çeklaş emas, himoya qiliş, ta’minlaş maqsadida tuziladi.

Özbekiston Konstitutsiyasiga köra, davlat – dunyoviy. Dunyoviy degani – bu insonlarning diniy erkinligini çeklaş degani emas. Mutlaq aksinça, insonlarni vijdoniy va diniy erkinliklarini himoya qiliş, qonun oldidagi tengligini ta’minlaş hisoblanadi.

Unda nima uçun davlat “dunyoviy” bölişi kerak? “Dunyoviy davlat”, ya’ni, “dunyoviy hukumat” degani – insonlarning vijdoniy va diniy erkinliklarini maksimal ta’minlaş maqsadida, hokimiyatning, hukumatning, davlat mulozimlari va institutlarining imkon qadar neytral bölib, xolis bölişiga aytiladi.

Insonlar heç qaçon diniy qaraşlarda bir xil bölmaydi. Kimdir öta dindor, kimdir ateist yeki agnostik. Qolaversa, dindorlarning ham dindorlik darajalari har xil böladi. Insonlar örtasida, vijdoniy va diniy qaraşlarda töqnaşuv bölişi – tabiiy holat.

Şuning uçun, davlat – ya’ni hokimiyat, insonlarning vijdoniy va diniy erkinliklarining posboni bölişi kerak, ularning erki va qonun oldidagi tengligini ta’minlaşi kerak.

Buning uçun esa, davlat mulozimlari va institutlari tarafkaşlik qilmasligi, töqnaşuvlar bölganda kim kimga tajovuz qilganini yoki ziddiyatlar bölganda, tomonlarning erkini ta’minlagan holda ajratib qöyişi kerak böladi.

Dunyo davlatlarida materiallarni ekspertiza qiliş qanday? Huquqiy-demokratik davlatlarda, naşriyotlar va OAV – erkin. Ular öz mas’uliyatlaridan kelib çiqib, materiallarni çiqariş-çiqarmaslikni özlari hal qilişadi.