Instagram'da uy savdosi bilan şuğullanuvçi bloger va IIO xodimlari örtasida janjal yuzaga kelgani aks etgan video tarqaldi.
Videoda, tasvirga olayotgan fuqaro “akamni uryapsiz, körib turibmiz-ku”, deydi. Şuningdek, blogerning “çakagimga urdingiz, men sizni urolmayman-da”, degan gaplari ham eşitiladi. Tasvirlarda IIO xodimlari erkakni xonadan çiqişiga qarşilik qilganini köriş mumkin.
Toşkent şahar IIBB axborotiga köra, 14 may kuni poytaxt YHXB xodimlari Şayxontohur tumanidagi jarima maydonçasiga fuqaro I.D. tomonidan heç qanday hujjatlarsiz boşqarib yurilgan “Toyota” maşinasini ma’muriy bayonnoma asosida olib kelgan.
“Biroq, hujjatlarni rasmiylaştiriş jarayonida I.D. jamoat tartibini buzib, içki işlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmay, ularga nisbatan qarşilik körsatgan”, – deyiladi bayonotda.
Holat yuzasidan Şayxontohur tumani IIO FMB tomonidan fuqaro I.D.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (“Mayda bezorilik”), 194-moddasi (“Içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) va 195-moddasi (“Içki işlar organlari xodimlarining öz xizmat burçlarini bajarişlariga qarşilik körsatiş”) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.
Jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tumani sudi bu bayonnomalar asosida blogerga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan.
Voqeaga guvoh bölgan va videoni tarqatgan şaxs – bloger tuhmatlar asosida qamalganini hamda guvoh bölişiga qaramay, özi sudga kiritilmagani aytgan.

















