IT Park University talabalari IT-mahsulotlari işlab çiqiş böyiça jahon yetakçilaridan biri bölmiş EPAM kompaniyasining yevropa ofislarida iş qanday yölga qöyilganing guvohi bölişdi, şu bilan birga bir qator seminar va treninglarda qatnaşişdi. Safar universitet tomonidan töliq moliyalaştirildi.
Aprel oyida, IT Park University'ning 8 nafar 1-kurs talabalari Litva va Polşada amaliyot ötaşdi. Iştirokçilarni akademik natijalari va motivatsion videolariga asoslangan holda saralab olişdi. Amaliyot universitetning hammuassis-kompaniyasi EPAM ofislarida bölib ötdi. IT Park University prezident Şavkat Mirziyoyev topşiriğiga binoan, xalqaro darajadagi IT-mutaxassislarni tayyorlaş maqsadida taşkil etilgan.

IT Park University amaliyotga yönaltirilgan universitet bölganligi sababli, uning talabalari birinçi kursdanoq amaliyot ötaşni boşlaydilar. Eng yaxşi talabalar uçun EPAM'ning Yevropa va Amerikadagi ofislariga taşrif buyuriş imkoniyati mavjud.
Umid Qöçqorboyev, talaba:

— Bir yil avval, taklif etilgan mutaxassisliklar manzur bölganligi tufayli, IT Park University'ga öqişga kirdim. Xususan, men back-end işlab çiqiş bilan şuğullanmoqçiman. Bu yerda öqiş qiziqarli. Har duşanba psixologik treninglar ötkaziladi, şanba kunlari futbol öynaymiz, şuningdek, muntazam ravişda kibersport maşğulotlarini ötkazib turamiz. Men - IT Park University kibersport klubi prezidentiman.
Amaliyot Polşaning Krakov şahrida bölib ötdi. Bu mening çet elga bölgan birinçi safarim. IT-mutaxassislarining hayotini içkaridan köriş qiziq böldi. Endi men ajoyib mahsulotlar ustida işlaş uçun, malakali dasturçi bölişni yanada köproq xohlayapman.
Workshop'lar va seminarlarni olib boruvçilar EPAM amaliyotçi-mutaxassislari bölişdi. Topşiriqlar ustida talabalar internatsional jamoalarda işlaşdi. Amaliyotga Özbekiston, Litva, Polşa, Belarus, Ukraina, Rossiyadan vakillar taşrif buyurişdi.
Javohir Mahkamov, talaba:

– Dastlab men Koreyadagi universitetga öqişga kirdim, u yerda «Biznes menejmenti» yönalişi böyiça öqidim, lekin keyin mutaxassisligimni özgartirişga qaror qildim. Men IT Park University'ni tanladim, çunki bolaligimdan IT'ga qiziqiş bor edi va bu yerda darslar ingliz tilida olib boriladi. Yana bir muhim tarafi: masofaviy va erkin tarzda öqiş mumkin. Mening Farğonada işim bor, uni taşlaş niyatim yöq. Moslaşuvçan jadval va gibrid ta’lim şakli tufayli men universitetdagi öqişimni va işimni birgalikda olib bora olaman.



















