Prigojin Baxmut yaqinida AQSh fuqarosi halok bo‘lganini ma’lum qildi
Davlat departamenti "Vagner" XHK asoschisining Ukraina sharqida AQSh fuqarosining o‘limi haqidagi bayonotlarini tekshirmoqda.
"Vagner" XHK egasi Yevgeniy Prigojin 16 may, seshanba kuni e’lon qilingan videoda Baxmut yaqinidagi janglarda AQSh fuqarosi halok bo‘lganini bildirdi. Davlat departamenti vakilining “Amerika ovozi”ga aytishicha, Vashington “ma’lumotdan xabardor” va qo‘shimcha ma’lumot izlamoqda.
Videoda Yevgeniy Prigojin “AQSh fuqarosi Nikolas”ning hujjatlarini ko‘rsatgan. Shundan so‘ng, kadrda bino vayronalari ustida yotgan erkakning jasadi paydo bo‘lgan. "Uni Amerika Qo‘shma Shtatlariga topshiramiz, tobutga solamiz, Amerika bayrog‘ini yopib qo‘yamiz - hurmat bilan. Chunki u bobo bo‘lib to‘shakda o‘lmadi, urushda halok bo‘ldi", - deydi "Vagner" rahbari.
"Vagner" XHK halok bo‘lgan askar haqida "maqtanish" lavhalarini e’lon qilish orqali "zo‘ravonlikni ulug‘lash va normallashtirish" kampaniyasini davom ettirmoqda", - deya izoh berdi Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) Prigojinning videosiga. Ukraina OAVning 135-alohida bataloni vakili Igor Shepetinga tayangan holda ma’lum qilishicha, halok bo‘lgan shaxs - AQSh Qurolli kuchlari faxriysi Nikolas Maymer.
"Vagner" XHK asoschisi Yevgeniy Prigojin Baxmutdagi qiyin vaziyat va Ukrainaning kutilayotgan qarshi hujumi haqidagi xabarlar fonida Kreml va Rossiya Mudofaa vazirligini faol tanqid qilmoqda. Avvalroq, Prigojin o‘z ayblovlarida "hammasi yaxshi deb o‘ylayotgan", ammo "ahmoq" bo‘lib chiqishi mumkin bo‘lgan "baxtli chol" haqida aytib o‘tgandi. U aynan kimni nazarda tutganini ochiqlamagan.
Mavzuga oid
22:12 / 25.09.2024
FT: Yevgeniy Prigojin pullarni yashirin ravishda g‘arb banklari orqali o‘tkazgan
15:22 / 25.06.2024
Prigojinning «adolat marshi»ga bir yil. «Vagner» va voqea qahramonlari taqdiri qanday kechdi?
14:50 / 24.06.2024
Bir yil oldin Prigojin isyoni Kremlni va butun mamlakatni shokka solgandi. Moskvaga yurish haqida nimalarni eslash muhim?
10:15 / 24.06.2024