Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi 16 may, seşanba kuni Yevropada oddiy qurolli kuçlar töğrisidagi şartnomani denonsatsiya qiliş haqidagi qonunni qabul qildi. Davlat dumasi raisi Vyaçeslav Volodin bu qaror “Rossiya fuqarolari manfaatlaridan kelib çiqqan holda” qabul qilinganini aytdi.

Yevropada oddiy qurolli kuçlar töğrisidagi şartnoma 1990 yil 19 noyabrda Parijda NATOning 16 ta davlati (Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Islandiya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Lyuksemburg, Niderlandiya, Norvegiya, Portugaliya, AQŞ, Turkiya va Fransiya) hamda Varşava şartnomasining oltita davlati (Bolgariya, Vengriya, Polşa, Ruminiya, SSSR va Çexoslovakiya) tomonidan imzolangan, 1992 yil 9 noyabrda kuçga kirgan. Şartnoma imzolagan davlatlar ega bölişi mumkin bölgan harbiy texnika, jumladan, tanklar, artilleriya, vertolyotlar va samolyotlar miqdori uçun kvotalarni belgilab bergan.

1999 yilda Yevropada oddiy qurolli kuçlar töğrisidagi şartnomani yangi siyosiy voqelik asosida moslaştirişga qaror qilindi, ammo Şimoliy Atlantika ittifoqi davlatlari moslaştirilgan şartnomani ratifikatsiya qilmay, Rossiyadan Gurjiston va Dnestrböyidan qöşinlarini olib çiqiş majburiyatlarini bajarişini söradi, Boltiqböyi mamlakatlari (Latviya, Litva, Estoniya) va bir qator Bolqon davlatlari (Sloveniya, Albaniya va Xorvatiya) unga qöşilişdan boş tortdi.

Rossiya 2007 yilda NATO davlatlaridan şartnomani ratifikatsiya qilişni talab qilib, undagi iştirokini töxtatgan edi. 2015 yilda Rossiya Federatsiyasi Yevropada oddiy qurolli kuçlar töğrisidagi şartnoma böyiça Qöşma maslahat guruhi yiğilişlarida iştirok etişni töxtatdi.