Shavkat Mirziyoyev Valdis Dombrovskis boshchiligidagi YeI delegatsiyasini qabul qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 may kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Samarqand sammiti doirasida Yevrokomissiya raisi o‘rinbosari Valdis Dombrovskis boshchiligidagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasini qabul qildi.
O‘zbekistonning YeI institutlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorligini, shu jumladan mintaqaviy sheriklik formatida kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Valdis Dombrovskis davlat rahbariga Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen va Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishelning salomlarini yetkazdi. Amalga oshirilayotgan ortga qaytmas demokratik yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar qo‘llab-quvvatlandi.
Uchrashuvda o‘zaro muloqotlar va samarali almashinuvlar faollashgani, savdo, investitsiya, “yashil” iqtisodiyot, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlik sur’ati oshib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
O‘zbekistonning YeI mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi joriy yil boshidan 65 foizga oshdi. Yevropaning yetakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlari bilan amalga oshirilayotgan va istiqboldagi loyihalar portfeli 20 milliard yevrodan ziyodni tashkil qilmoqda.
YeI institutlari bilan faol muloqotni, eng avvalo, iqtisodiy yo‘nalishda davom ettirish muhimligi ta’kidlandi. Bunda Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni qabul qilish, mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi, GSP+ preferensiyalar tizimida ishtirok etish bilan bog‘liq masalalar e’tibor markazida turibdi.
Mavzuga oid
20:47 / 12.11.2024
“Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz” - Shavkat Mirziyoyev
20:26 / 12.11.2024
Mirziyoyev: Yevropaga “yashil” energiya yetkazish bo‘yicha ko‘p tomonlama bitim imzolaymiz
17:29 / 12.11.2024
Mirziyoyev BMT miqyosida Daryo ekotizimlarining butunligi deklaratsiyasini tuzishga chaqirdi
23:45 / 11.11.2024