Yevropa Ittifoqi Gurjiston rasmiylarining Rossiya bilan havo aloqalarini tiklaş qaroridan afsusda, dedi Yevropa Ittifoqining taşqi siyosat böyiça rasmiy vakili Piter Stano 16 may, seşanba kuni Bryusselda bölib ötgan brifingda. "Rossiyaning Ukrainaga qarşi noqonuniy uruşi tufayli Yevropa Ittifoqi davlatlari va boşqa bir qator davlatlar Rossiya aviatsiya sektoriga qarşi sanksiyalar joriy qildi. Biz va hamkorlarimiz Rossiyadan parvozlar amalga oşirişga, Rossiyaga va Rossiya ustidan parvoz qilişga ruxsat bermaymiz”, deya qöşimça qildi Stano.
Bir neça soat avval Gurjistonning Georgian Airways aviakompaniyasi 20 maydan boşlab Tbilisidan Moskvaga töğridan töğri reyslarni amalga oşirişni boşlaşi ma’lum böldi. Bu haqda Gurjiston fuqaro aviatsiyasi agentligiga tayanib, TASS xabar berdi. Bir kun oldin regulyator Rossiyaning "Azimut" aviakompaniyasiga tegişli ruxsatnoma berdi.
10 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin 15 maydan Gurjiston fuqarolari uçun viza rejimini bekor qiliş va Rossiya tomonidan 2019 yildan beri joriy qilingan Rossiyadan Gurjistonga havo qatnoviga qöyilgan taqiqni bekor qiliş töğrisidagi farmonlarni imzoladi. Gurjiston prezidenti Salome Zurabişvili taqiqning bekor qilinişini provokatsiya va Kremlning mamlakatda öz ta’sirini kengaytirişga urinişi deb atadi. Rossiya Federatsiyasi Ukrainada uruş olib borayotgan va Gurjiston hududini bosib olgan bir paytda töğridan töğri reyslarni qayta tiklaşni qabul qiliş mumkin emas, dedi Zurabişvili.
Öz navbatida, YeI Gurjistonni Rossiya Federatsiyasidan texnik jihatdan "işonçsiz samolyotlar"ni kiritmaslikka va havo qatnovi sohasida Moskvaga qarşi Yevropa sanksiyalariga qöşilişga çaqirdi.

















