Islandiyada bölib ötgan Yevropa Kengaşi sammiti doirasida Rossiya Federatsiyasi keng kölamli bostirib kirişi boşlanganidan beri Ukrainaga yetkazilgan yöqotişlarning xalqaro reyestri yaratildi. Bu haqda 16 may, seşanba kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ma’lum qildi. U barça mamlakatlarni hujjatlarni yuritişda faol iştirok etişga çaqirdi, buning yordamida Moskva jinoiy javobgarlikka tortilişi mumkin.

Öz navbatida, Germaniya kansleri Olaf Şols yangi reyestr Yevropa Kengaşi mamlakatlariga “Ukrainani tiklaş uçun zarur baza” yaratiş maqsadida Rossiya Federatsiyasi yetkazgan zararni birgalikda qoplaş imkonini berişini ta’kidladi. Xalqaro ma’lumotlar bazasi "umumiy ma’lumotlar" orqali aniqlik keltiradi, dedi Şols.

16 may kuni Islandiya poytaxti Reykyavikda Yevropa Kengaşiga 46 a’zo davlat rahbarlarining törtinçi sammiti boşlandi. Uçraşuvdan közlangan asosiy maqsad Rossiyaning Ukrainaga bölgan tajovuzi natijasida qit’ada yuzaga kelgan vaziyatni muhokama qilişdan iborat. Sammit çoğida Ukrainaning Rossiya Federatsiyasi tajovuzidan körgan yöqotişlar reyestri yaratilgani haqida e’lon qilişlari oldindan ma’lum böldi. Ekspertlarning fikriça, bu Rossiyani moliyaviy javobgarlikka tortiş uçun birinçi qadam böladi.