Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
London va Berlin: Ukrainaga qiruvchi samolyotlarni bera olmaymiz
Mudofaa vazirlari Uolles va Pistoriusga ko‘ra, Britaniya va Germaniyada Ukraina so‘ragan F-16 qiruvchi samolyotlari yo‘q.
Foto: Omar Marques/Getty Images
Rossiya bosqinidan himoyalanayotgan Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish qarorini Yevropa davlatlari emas, AQSh qabul qilishi kerak, deb hisoblaydi Germaniya va Buyuk Britaniya. Buyuk Britaniya o‘zining F-16 samolyotlariga ega emas, shuning uchun London faqat ukrainalik uchuvchilarni tayyorlashda yordam berishga tayyor, dedi Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles 17 may, chorshanba kuni Berlinga tashrifi chog‘ida.
O‘z navbatida, Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Uolles bilan qo‘shma matbuot anjumanida Germaniyaning ham o‘zining F-16 samolyotlari yo‘qligini ta’kidladi. Shu bilan birga, u GFRda bo‘lgan Tornado va Eurofighter qiruvchi samolyotlari Ukrainada foydalanish uchun mos emasligini, biroq Berlin Kiyevni boshqa turdagi qurollar yetkazib berishda qo‘llab-quvvatlashini aytdi. "Biz tanklar va havo hujumidan mudofaa bo‘yicha mutaxassismiz. Bu sohalarda biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda yetakchi rol o‘ynaymiz. Bu o‘zgarishsiz qoladi", - deya ta’kidladi Boris Pistorius.
Avvalroq Germaniya Mudofaa vazirligi vakili Buyuk Britaniya va Niderlandiya tomonidan Ukraina uchun F-16 samolyotlarini xarid qilish bo‘yicha koalitsiya tuzilgani haqidagi xabarlarni olqishlagandi. Biroq, hozir Bundesverdan ma’lum bo‘lishicha, bu maqsadda samolyotlarni o‘z zaxiralaridan o‘tkazish ko‘zda tutilmagan. Hozirda ustuvor vazifa Ukraina havo mudofaasini kuchaytirishdan iborat va Germaniya bunda ishtirok etib, Kiyevni eng zamonaviy zenit tizimlari bilan ta’minlamoqda, deya qo‘shimcha qildi Germaniya Mudofaa vazirligi vakili.
Bir kun avval Reykyavikda bo‘lib o‘tgan Yevropa kengashi sammiti chog‘ida Buyuk Britaniya va Niderlandiya Ukraina uchun F-16 qiruvchi samolyotlarini xarid qilish bo‘yicha koalitsiya tuzishga kelishib olgani ma’lum qilingan edi. U Kiyevga harbiy samolyotlar yetkazib berishni qo‘llab-quvvatlaydi, deyiladi Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak idorasi tarqatgan bayonotda. Yordam, jumladan, uchuvchilarni tayyorlash va F-16 samolyotlarini sotib olishda ko‘rsatiladi.
Mavzuga oid
16:43
“Bizga Ukraina harbiylariga ta’minot keladigan ko‘prikni egallash topshirilgandi” – Rossiya armiyasiga yollangan yigit hikoyasi
15:04
Yaponiya Politico xabariga raddiya berdi: «YeI rejasiga qarshi emasmiz»
13:05
Zelenskiy: urushni to‘xtatish uchun bandlarni AQShga topshirishga tayyormiz
12:53