Motorola kompaniyasi özining yangi smartfoni Razr 40 Ultra’ni ommaga taqdim etişga tayyor. Xitoyda yangi smartfon taqdimoti 1 iyunga belgilangan.

Razr 40 Ultra buklanadigan smartfon bölib, uning xususiyatlari, imkoniyatlari va narxi haqida hozirça rasmiy ma’lumot mavjud emas.

Biroq insayderlarga köra, smartfon Snapdragon 8+ Gen1 çipida işlaydi. Operativ xotira esa 12 gigabaytgaça böladi. Smartfon akkumulyatori siğimi 3640 mA-soatni taşkil etadi. Tezkor quvvatlaş imkoniyati mavjud. Qora, kulrang va qizil rangda sotuvga çiqişi aytilmoqda.

Avvalroq Redmi’ning eng kuçli smartfoni iyulda tadim etilişi, Samsung esa 26 iyulda katta taqdimot ötkazişi haqida xabar berilgandi.















