Mudofaa vazirligi Markaziy apparatida ötkazilgan ikki tomonlama hamkorlik uçraşuvida general-leytenant Bahodir Qurbonov qozoğistonlik hamkasbini Özbekistonga uyuştirgan taşrifi bilan qutlab, mustaqillik yillarida ikki davlat örtasida örnatilgan döstona harbiy munosabatlarning faqat ijobiy tomonga siljib borayotganini ta’kidladi.

Şuningdek, Özbekiston mudofaa vaziri ikki tomonlama hamkorlikdagi erişilayotgan yutuqlarga töxtalar ekan, özaro yaqin döstona munosabatlar özbek—qozoq aloqalarini yangi strategik şerikçilik bosqiçiga kötarib, ittifoqçilik munosabatlari mustahkamlayotganini qayd etdi.

Ikki davlat mudofaa vazirlari harbiy sohada erişilgan yutuqlar va kelgusida amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan masalalar borasida ham hamkorlikni davom ettirişning istiqbolli takliflari bilan çiqdi.

Uçraşuvdan söng Qozoğiston Respublikasi harbiy delegatsiyasi Özbekiston mudofaa vaziri hamrohligida «Ğalaba boği»ga taşrif buyurib, «Matonat madhiyasi» yodgorlik majmuasiga gulçambar qöydi. U yerdagi «Şon-şaraf» muzeyi faoliyati bilan tanişdi.