18 may kuni Xitoyning Sian şahrida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning davlat taşrifi, 19 mayda esa Markaziy Osiyo – Xitoy sammiti bölib ötadi.

Taşrifdan oldin, 17 may kuni Sianda Özbekiston–Xitoy biznes forumi bölib ötdi. Forum doirasida Kun.uz muxbiriga intervyu bergan transport vaziri Ilhom Mahkamov XXR bilan hamkorlikdagi yangi loyihalar haqida ma’lumot berdi.

Uzoq vaqtdan buyon kutilayotgan yangi transport koridori

Eng muhim masalalardan biri – Xitoy–Qirğiziston–Özbekiston temir yöl qurilişi loyihasi. Ilhom Mahkamovning sözlariga köra, Xitoy temir yöllari qoşidagi loyiha instituti bilan bu temir yölning texnik-iqtisodiy asoslarini işlab çiqiş yakunlangan.

“Bugun biz qirğiz va xitoy hamkasblarimiz bilan şu qurilişda amaliy jihatdan qanday yangi qadamlarga ötiş böyiça alohida “Yöl xaritasi”ga qöl qöyayapmiz”, – dedi u.

Yuk vagonlari işlab çiqariş

Ilhom Mahkamovga köra, Xitoy tomoni bilan Özbekistonda yuk vagonlarini işlab çiqaruvçi qöşma korxona oçiş böyiça kelişuvga erişilgan.

“Bu ham tannarxni tuşirişga, ham [işlab çiqariş] hajmini oşirişga imkoniyat yaratadi. Birinçi navbatda yuk vagonlari işlab çiqariladi. Keyingi bosqiçda yölovçi vagonlarini ham işlab çiqariş masalasini endi körib çiqişni boşladik”, – dedi vazir.

Boşqa hududlarga ham elektrobuslar

Xitoyning King Long va Yutong kompaniyalari bilan Özbekistonga 1000 ta avtobus yetkazib beriş böyiça kelişuv tuzilgan. Mahkamov oxirgi haftalarda avtobuslarning qariyb 600 tasi yetkazib berilgani, qolgan 400 tasi may oyi oxirigaça olib kelinişini aytdi.

“Bundan taşqari, Yutong kompaniyasi elektrobuslarni Özbekistonda işlab çiqarişi ham kelişilyapti”, – deya ma’lum qildi Transport vazirligi rahbari.

Uning sözlariga köra, Yevropa Tiklaniş va taraqqiyot bankining Samarqanddagi konferensiyasi doirasida Xitoydan olib kelingan birinçi 6 ta elektrobusning taqdimoti bölib ötgan. Bunday elektrobuslardan 2 oy içida Samarqand va Nukus şaharlariga 100 tadan xarid qilinişi kutilyapti.