Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankining Samarqand şahrida bölib ötgan yillik forumida tomonlar ilgari erişilgan kelişuvlarni mustahkamladi. Forum doirasida Uzbekistan Airports boşqaruvi raisi Ra’no Jörayeva va Yevrosiyo böyiça infratuzilma departamenti direktori Yekaterina Miroşnik mandat xatlari bilan alişdilar.

«Bank mablağlari hisobidan yölovçi taşuvçi avtobuslar, yuk taşuvçi texnikalar, lentali yuk uzatuvçilar, samolyot buksirlari, samolyotlarni suv bilan töldiriş va hojatxona bölimlariga xizmat körsatiş uçun maxsus avtomaşinalar, ambulator avtoliftlar, tozalovçi, muzdan tozalaş maşinalari va boşqalar xarid qilinadi. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, YeTTBning moliyalaştirişi evaziga 76 dona yangi aeroport maxsus texnikalari xarid qilinadi», — dedi Uzbekistan Airports boşqaruvi raisi Ra’no Jörayeva.

Bundan taşqari, YeTTB va Uzbekistan Airports örtasida 1 million yevrodan ortiq grant mablağlarini ajratiş böyiça kelişuvlarga erişildi. Buning bir qismi sifatida bank asosiy biznes-jarayonlarni optimallaştiriş va şu orqali Uzbekistan Airports va uning tarkibiy bölinmalari faoliyati samaradorligini oşirişga yordam beradigan xalqaro konsalting kompaniyasini jalb qilişni közda tutadi. 

Qayd etilişiça, bu Özbekistonda moliyalaştiriş mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatisiz amalga oşiriladigan davlat kompaniyasi bilan hamkorlikning birinçi namunasi böladi.