«Rossiya qöşinlari va harbiy texnikasini töliq va sözsiz olib çiqmasdan turib adolatli tinçlikni örnatiş mumkin emas. Bu nuqta har qanday tinçlik taşabbusida bölişi kerak», deyiladi Xiroşimadagi G7 sammiti bayonotida.
Germaniya federal kansleri Olaf Şols hozirça «töliq» sözini tilga olmagan holda, tinçlik muzokaralarining dastlabki şarti sifatida Rossiya qöşinlarini olib çiqib ketiş haqida gapirgandi, deya eslatib ötdi Reuters.
Xiroşimadagi G7 sammiti doirasida Buyuk Britaniya boş vaziri Rişi Sunak Ukrainani töliq qöllab-quvvatlaşini yana bir bor e’lon qildi.
«Rossiya bilişi kerakki, biz va boşqa davlatlarda Ukrainani nafaqat şu yerda va hozir, balki uzoq muddatda ham özini himoya qiliş uçun zarur bölgan resurslar bilan qöllab-quvvatlaşda davom etiş böyiça qat’iy qaror bor», — dedi Britaniya hukumati rahbari Sky News bilan intervyuda.
Sunak Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga alohida murojaat qildi. «Biz heç qayerga ketmaymiz», deya ma’lum qildi u.


















