Sovuq uruş davridan beri birinçi marta NATO Rossiya hujumlarini qaytariş rejasini tayyorlamoqda. 18 may, payşanba kuni Reuters agentligining xabar berişiça, iyul oyida Vilnyusda bölib ötadigan sammitda NATOga a’zo davlatlar Rossiya bilan yuzaga kelişi mumkin bölgan qarama-qarşilik böyiça minglab sahifali maxfiy rejalarni qabul qiladi.
Bir neça ön yilliklar içida birinçi marta bu rejalar Rossiya bilan mumkin bölgan harbiy qarama-qarşilikni batafsil bayon qiladi. Agentlik tuşuntirişiça, buning sababi - NATO Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi boşlanganidan söng, uzoq vaqt davomida alyans uçun “ekzistensial tahdid” hisoblanmagan Rossiya Federatsiyasiga nisbatan siyosatini qayta körib çiqdi.
“Biz Rossiya bilan har qanday vaqtda mojaro kelib çiqişiga tayyor bölişimiz kerak”, — deya NATOning oliy harbiy amaldorlaridan biri, admiral Rob Bauerning sözlaridan iqtibos keltiradi Reuters agentligi. Uning sözlariga köra, Vilnyusdagi sammitda NATO a’zo davlatlarga qurolli kuçlari va logistikasini qanday modernizatsiya qiliş kerakligi haqida ham tavsiyalar beradi.
NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg öz navbatida: “Ittifoqçilar qanday kuçlar va vositalar kerakligini, jumladan, qayerda, nimani va qanday joylaştiriş lozimligini aniq bilib oladilar”, dedi. Alyans vakillarining sözlariga köra, barça rejalarni amalga oşiriş uçun bir neça yil kerak böladi, biroq NATO, kerak bölsa, darhol jangga kirişga tayyor böladi.

















