Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles Ukraina Storm Shadow raketalarini jangda qöllaşni boşlaganini tasdiqladi.

U 18 may kuni norvegiyalik hamkasbi Born Arild Gram bilan qöşma matbuot anjumanida jurnalistlarning Ukraina frontida şunday raketalardan foydalanilayotgani haqidagi savolga şunday javob qaytardi: «Aytişim mumkin bölgani şuki, tuşunişimça, raketalarni Ukrainaga jönatganimiz haqida e’lon qilganimizdan keyin ular işlatilgan. Boşqa tafsilotlarni keltira olmayman».

Avvalroq Rossiyadagi manbalar Ukraina qurolli kuçlari Storm Shadow raketalari bilan Luhanskka zarba yöllagani haqida xabar bergan, internetda şu raketalarga mansubligi aytilgan parçalar aks etgan kadrlar paydo bölgandi.

Bu raketalar frontda nimani özgartirişi mumkin?

Harbiy ekspert Lyuis Peyj The Telegraph naşridagi kolonkasida şu haqda yozdi.

Buyuk Britaniya 11 may kuni Ukrainaga uçiş masofasi kamida 250 kilometrni taşkil etuvçi Storm Shadow raketalarini taqdim etganini e’lon qildi – bu Kiyev uruş boşidan buyon ğarblik hamkorlaridan olganlari orasida eng uzoqqa boruvçi quroldir. 12 may kuni keçqurun front çiziğidan 80 kilometrdan ortiqroq masofadagi Luhansk öqqa tutildi – va anneksiya qilingan «LXR» rasmiylari zarbalar Storm Shadow raketalari bilan berilganini xabar qilişdi (Ukraina QK buni tasdiqlamagan). Harbiy ekspert Lyuis Peyj The Telegraph naşridagi kolonkasida Ukrainada uzoq masofaga harakatlanuvçi raketalar bölişi frontdagi vaziyatga qanday özgartiriş kiritiş mumkinligi haqida yozdi. Quyida uning matni tarjimasi juz’iy özgartirişlar bilan keltiriladi.

«Buyuk Britaniya yana barça ittifoqçilardan ildamroq çiqdi — London ukrainlarga özining maqtalgan Storm Shadow raketalarini topşirdi, bu Kiyevda şu vaqtgaça berilgan qurollar orasida eng uzoq masofaga boradiganidir. Darhaqiqat, bu buriliş nuqtasi, lekin, asalida bir qaraşda köringanidek emas. Storm Shadow’ning özi jang maydonidagi kartinani özgartira olmaydi, xuddi Buyuk Britaniya Ukrainaga avvalroq bergan kam sonli Challenger II tanklari kabi.

Challenger — eng zör tank emas. U işlab çiqilgan paytidayoq özining işonçsizligi bilan maşhur bölgan — uni köp yillik sinovlardan keyingina britan armiyasiga qabul qilişgan. U eksport model sifatida ham muvaffaqiyat qozona olmagan: Ummon loyihalaş vaqtida 38 tank xarid qilgan, ammo şundan keyin ularni boşqa heç kim sotib olişni istamagan. Challenger uçun NATOning barça a’zolarida qöllanadigan standartdagi snaryadlar emas, alohida namunadagi öq-dorini işlatiş talab etiladi.