Aziz Voitov uçraşuv iştirokçilariga bugungi kunda Özbekistonda ilm-fanning işlab çiqarişga integratsiyasi, aqlli agrotarmoqni barpo etiş yölida taşlangan qadamlar, sohani raqamlaştiriş böyiça qilinayotgan işlar hamda geoaxborot tizimini rivojlantiriş yönalişidagi loyihalarni taqdim etdi.
Öz navbatida, Okeanologiya universiteti rektori özbek olimlari, agrar tarmoq mutaxassislari bilan amaliy hamkorlik qilişdan manfaatdor ekanligini bildirdi. Aniq takliflar ham berildi: özbek-xitoy laboratoriyasini taşkil qiliş.
Asosiy e’tibor aynan laboratoriya tekşirişlari natijasida mamlakatda şörlangan yerlarda qaysi mahsulot yetiştiriş mumkin, ularning qaysilarini yer imkoniyatlariga moslaştiriş mumkin, talab va taklifdan kelib çiqib iqlimiy şaroitlarni hisobga olgan holda 2-3 marotaba hosil oliş, takroriy ekinlardan samarali foydalaniş masalalariga qaratiladi.
Buning uçun universitet delegatsiyasi şu yilning iyun oyida Özbekistonga taşrif buyuriş niyatini bildirdi. Qişloq xöjaligi vaziri Aziz Voitov Okeanologiya universiteti rektori Pan Sinsyan bilan yuqoridagi masalalarda hamkorlik aloqalarini yölga qöyişni közda tutuvçi hamkorlik memorandumini imzoladi.
















