Yaxşiyamki, Çempionlar ligasi bor ekanki, bu nafaqat öşa turnirning özi bilan, balki milliy çempionatlardagi qizğin kuraşlarga sabab bölişi bilan ham muxlislarga quvonç ulaşadi. Kuçli beşlikdagi ikkita ligada rasman, yana ikkitasida amaliy jihatdan çempion nomi aniq bölib ulgurgan bölsa-da, aynan YeÇL örinlari uçun kuraş sönggi turlarni kuzatişimizga sabab bölib qolmoqda. Italiyada YeÇL yarimfinalçilari, Angliyada «Yunayted» va «Liverpul» kabi eng şonli tarixga ega bölgan klublar YeÇLda qatnaşiş huquqini beradigan birgina yöllanma uçun ayyovsiz raqobatga kirişişgan. Quyida haftaning e’tiborli uçraşuvlari anonsini havola qilamiz.

LIVeRPUL – ASTON VILLA (20 may, 19:00)

«Liverpul» qatorasiga yettinçi ğalabasiga erişdi va keç uyğongan bölsa-da, Çempionlar ligasi yöllanmasi uçun kuraşda «Nyukasl» va «MYu»ni ta’qib qilişda davom etmoqda. Ularning xatosidan foydalaniş uçun esa Klopp şogirdlari öz öyinlarini yutişlari şart. Hozirda top-4dan 4 oçkolik farq ajratib turibdi va mabodo «Yunayted» qolgan uç öyindan ikkitasini yuta olmasa, «Liverpul» azaliy raqibini quvib ötişi mumkin. «Aston Villa» esa aytiş kerakki, murakkab raqib.

Foto: Getty Images

Esingizda bölsa, uç yil oldin birminghemliklar «Liverpul» ustidan kutilmaganda 7:2 hisobida ğalaba qozongan edi. Öşa öyindan beri jamoalar özaro 5 marotaba uçraşişda va hammasida «Liverpul»ning qöli baland keldi. Birinçi davradagi öyinda ham mehmonlar 3:1 hisobida ustun kelgandilar. Ammo bu seriya hammasi oson bölişini anglatmaydi, zero Unai Emeri «Aston Villa»ga kelgaç, jamoa öyini va natijalari tubdan özgardi. «Villa» 17-poğonadan hozir yevrokuboklar uçun kuraşayotgan klubga aylandi. Hozir «Aston Villa» «Tottenhem» bilan teng oçko töplab, 7-8 örinlarni bölişib turibdi, 6-örindagi «Brayton»dan 1 oçko orqada xolos. Buning ustiga sönggi turda aynan «Brayton»ni öz maydonida qabul qiladi. Ya’ni Yevropa ligasi yöllanmalaridan birini qölga kiritiş uçun Emeri şogirdlarida real imkoniyat mavjud. Tabiiyki, buning uçun Liverpuldan oçkosiz qaytmaslik talab etiladi.

Tarkiblarga kelsak, har ikki jamoada sönggi öyinlarda maydonga tuşayotgan futbolçilar tayyor. Mezbonlar safida Nabi Keytaning yöqligi yangilik emas, Darvin Nunez ham maydonga tuşa olmaydi. Hozirda Jota, Dias kabi hujumçilar jarohatdan tiklangaç, urugvaylik hujumçining yöqligi sezilmasa kerak. Şuningdek, Roberto Firmino Jyeyms Milner bilan birga «Enfild»dagi sönggi uçraşuvini ötkazadi. Klopp braziliyalik futbolçiga ham imkoniyat bersa kerak. Mehmonlar safida esa öz vaqtida «Liverpul»ning yetakçisi bölgan Koutino şeriklariga yordam bera olmaydi. Kalum Çembersning uçraşuvda qatnaşişi söroq ostida qolmoqda.