“Katta yettilik” mamlakatlari davlat va hukumat rahbarlari Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini qiyinlaştiriş maqsadida unga qarşi yangi sanksiyalar qöllaşga qat’iylik bildirdi. 19 may, juma kuni Yaponiyaning Xiroşima şahridagi sammit çoğida "Katta yettilik" mamlakatlari yetakçilari “Rossiyani uning uruş maşinasini qöllab-quvvatlovçi har qanday G7 texnologiyasi, sanoat uskunalari va xizmatlaridan mahrum qiliş”ga kelişib oldilar.

Yangi sanksiyalar “jang maydonida Rossiya uçun hal qiluvçi ahamiyatga ega bölgan” tovarlarni eksport qilişni taqiqlaş, şuningdek, “Moskvaga harbiy materiallarni frontga yetkazişni ta’minlovçi” korxona va taşkilotlarga çeklovlarni öz içiga oladi.

Xiroşima sammitidan biroz oldin AQŞ Ukrainaga qarşi tajovuzkor uruşi uçun Rossiyaga qarşi yangi jazo çoralari paketini e’lon qilgan edi. Boşqa narsalar qatorida, Rossiya Federatsiyasi va boşqa mamlakatlarning 70 ga yaqin korxona va taşkilotlarini Amerika eksportidan uzib qöyiş rejalaştirilgan, dedi Oq uyning yuqori martabali vakili.

AQŞ, şuningdek, 300 dan ortiq jismoniy şaxslar, kompaniyalar, taşkilotlar, kemalar va samolyotlarga çeklovlar qöyadi. Vaşingtonga köra, bu Rossiya va uning harbiy maşinasiga iqtisodiy bosimni yanada oşiriş uçun qilinmoqda.