Dunyoning eng boy va rivojlangan demokratik davlatlari Ukrainaga hujumi uçun Rossiyaga qarşi sanksiyalarni yanada kuçaytirişga kelişib oldi. G7 davlatlari 19 may kuni Yaponiyada boşlangan sammitda Kremlga bosimning kuçaytirilişi töğrisidagi deklaratsiyani qabul qildi. Biroq unda eng radikal takliflar, jumladan umumiy savdo embargosi yöq.
Sanksiyalardan maqsad Kremlning Yevropada qurolli tajovuzni davom ettiriş imkoniyatlarini çeklaşdir. Har bir mamlakat vositalarni alohida tanlaydi va şuning uçun G7 bayonoti maxsus sanksiyalarni emas, balki faqat umumiy yönalişni belgilaydi.
«Biz Rossiyaga agressiyani davom etişi uçun muhim bölgan barça narsalarni, jumladan, öz harbiy maşinasi kuçini tiklaydigan uskunalar va texnologiyalarni yetkazib berişni çeklaş böyiça qöşimça çoralar köramiz», deyiladi G7 bayonotida.
1970-yillardagi inqirozlardan söng Ğarb siyosatini muvofiqlaştiriş uçun taşkil etilgan G7 klubiga AQŞ, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Kanada va Yaponiya kiradi. Qrimning anneksiya qilinişidan oldin klub tarkibiga Rossiya ham kirgan, biroq u çiqarib yuborilgan va norasmiy sakkizinçi a’zoning örnini Yevropa Ittifoqi 24 davlatining kollektiv vakili egallagan.
Ğarb allaqaçon Rossiyaga qarşi keng qamrovli moliyaviy va savdo sanksiyalarini joriy qilgan va endi yangi çeklovlarni izlaşdan köra, ularga qanday amal qilinayotganiga e’tibor qaratmoqda. AQŞ, Yaponiya va Buyuk Britaniya Kreml bilan deyarli barça savdo-sotiqni taqiqladi, ammo ular uruşdan oldin Rossiyaning asosiy savdo şerigi bölmagan.
Bu pozitsiyani katta farq bilan Yevropa Ittifoqi egallab oldi va aynan uning savdo sanksiyalari Rossiya iqtisodiyotiga eng katta zarar yetkazmoqda. Biroq, buning aksi ham töğri, şuning uçun Yevropa Ittifoqining 27 davlati bosqiçma-bosqiç harakat qilmoqda: neft eksportiga embargo uruş boşlanganidan bir yil ötib joriy qilindi, lekin gaz yoki olmos importiga hali ham taqiq yöq.
Nihoyat ular olmos va gaz embargosi bilan «şuğullanmoqçi» ekani haqida Hirosimadagi G7 sammitidan oldin xabarlar paydo böldi. Ammo yakuniy bayonotda ularning heç biri tilga olinmadi. Şuningdek, Rossiya bilan barça savdo-sotiqqa töliq embargo joriy etiş haqidagi taklif ham yangramadi.

Deklaratsiyada sanksiyalar bosimining umumiy yönalişi yumşatiş emas, balki kuçaytiriş ekani ta’kidlandi. Şu bilan birga, allaqaçon joriy etilgan sanksiyalarni çetlab ötişga qarşi kuraşni kuçaytiriş niyati bildirildi. Şuningdek, Kremlning energiya, yadro yoqilğisi va metallar eksportidan oladigan daromadlarini yanada qisqartirişga erişişning umumiy maqsadi ham aytildi.


















