Bolalarga rahmi kelib xonadonidan vaqtincha joy bergan Tursunoy Mavlonova o‘g‘lini uylantirish uchun to‘y boshlab qo‘ygan. 75 nafar tarbiyalanuvchini o‘z bag‘riga olgan xonadon bekasi bog‘cha bolalari sabab to‘y kechikayotgani haqida kuyunib gapirdi. 

Tursunoy Mavlonova

“Yaroqsiz holga kelib qolgan bog‘chadan chiqarib yuborilgan bolalar u yoq-bu yoqqa borishib sarson bo‘lishdi. Bolalarga rahmim kelib, 3-4 oyda yangi bog‘cha binosi bitib qolsa kerak degan o‘y bilan yashab turgan uylarimni bo‘shatib berdim.

Yaroqsiz holatdagi 20-MTM

Bolalardan tashqari 3 ta xo‘jalik yashaymiz. Turmush o‘rtog‘im bolalar shovqiniga chiday olmay kun bo‘yi ko‘chalarda yuradi. O‘g‘limga to‘y boshlab qo‘yganman. Kelinni olib kelish uchun uy yo‘q. Tezroq bolalar boshqa joyga chiqib ketishsa to‘y qilishim kerak. Ayni paytda uyimizda 3 ta guruh, jami 75 nafar bola bor.

Holat yuzasidan rahbarlarga chiqdik. Ular xonadonimizga kelib, 3-4 oyda yangi bog‘chani bitirib beramiz deyishdi. Lekin natija bo‘lmayapti. Uyimizda bolalar sig‘maganidan yana boshqa bir xonadondan joy qilib, olib borib qo‘yganmiz. Tuman “kattalari”dan tezroq bog‘chani bitirib berishlarini iltimos qilamiz,” – deydi u.

3 nevara va 2 chevarasi bog‘chada tarbiyalanayotgan Fotimaxon Jo‘rayeva bolalar vaqtincha joylashtirilgan xonadonda sharoit qoniqarsiz ekani, yangi bog‘cha binosini qurish ishlari kechikayotgani, tuman rahbarlari holatga panja ortidan qarayotganini ta’kidladi.

Fotimaxon Jo‘rayeva

“Xonadondagi hojatxona, oshxona va umuman barcha xonalar hech bir talabga javob bermaydi. Ovqat tayyorlaydigan joyni ko‘rib bolalarga achinib ketadi odam.