Kuala-Lumpurdan Toşkentga Özbekiston Içki işlar vazirligi Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlari hamkorligida odam savdosi böyiça xalqaro qidiruvda bölgan va köp yillar Malayziyada yaşirinib yurgan şaxs olib kelindi.
Ayol firibgarlik yöli bilan xorijda yaxşi maoşli işga joylaştirib berişni va’da qilib, qizlarni Malayziyaga olib borib, öz şeriklari bilan jabrlanganlarning pasportlarini zörlik bilan olib, fohişalik bilan şuğullanişga majburlagan.
Gumonlanuvçi Interpolning Toşkent va Kuala-Lumpurdagi Milliy markaziy byurolari örtasidagi hamkorlikdagi tadbirlar hamda tezkor-axborot kömagi, şuningdek, Özbekistonning Malayziyadagi elçixonasi diplomatik missiyasining bevosita yordami natijasida qölga olindi.
Kelişilgan harakatlar tufayli qidiruvdagi ayolni qölga oliş va Malayziya rasmiylari Özbekistonga ekstraditsiya qiliş töğrisida qaror qabul qilmagunça uni hibsda saqlaş mumkin böldi.
Özbekiston Boş prokuraturasining ekstraditsiya töğrisidagi iltimosnomasi ijobiy körib çiqilişi natijasida qidiruvda bölgan ayol sudda adolat qaror topişi uçun Toşkent şahriga olib keliş maqsadida Özbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlariga topşirildi.

















