Ukrainada uruşning 450-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya IIV Putinni hibsga oliş uçun order bergan Xalqaro jinoyat sudi (XJS) prokurori Karim Ahmad Xonni qidiruvga berdi.
- Rossiyalik muxolif siyosatçi Yevgeniy Royzmanga armiyani «obrösizlantiriş» işi böyiça 260 ming rubl miqdorida jarima qöllandi.
- RF boş prokuraturasi «Grinpis»ni «istalmagan taşkilot» deb e’lon qildi.
- RF TIV AQŞning 500 fuqarosi mamlakatga kirişini taqiqladi. Ular orasida — Barak Obama va «Kapitoliy şturmidan keyin özga fikrlilarni ta’qib qilişda iştirok etganlar» bor.
- AQŞ ittifoqçilarga Ukrainaga F-16 qiruvçi samolyotlari berilişiga roziligini bildirgan.
- Rossiya qöşini Kiyev, Kriviy Rih va Lvivga dronlar bilan hujum uyuştirdi. Ukraina QK 16 ta dron va uçta «Kalibr» raketasi urib tuşirilganini ma’lum qildi.
- AQŞ Tatyana Moskalkova, Igor Levitin va Rossiya taşqi razvedka xizmatiga qarşi sanksiyalar kiritdi.
- Gomel oblastida, Belarus va Ukraina çegarasida tankka qarşi istehkomlar paydo böldi.
Xarkivdagi vayron bölgan kvartiralar
Rossiya qöşini Xarkivdagi turar joylarga zarbalar berişda davom etmoqda, natijada şahar aholisi vakillari halok bölişmoqda yoki keng kölamli bosqindan keyin ham yaşab kelayotgan kvartiralaridan ayrilmoqda. Xarkiv şimoli-şarqidagi Saltovka rayoni sobiq SSSR hududidagi köplab şaharlarni umumlaştiruvçi barça afzalliklari va kamçiliklari bilan possovet industrial şaharsozligi namunasi edi. Körinişi RF qurolli kuçlari askarlariga yaxşi taniş bölgan va özlari yaşaydigan şaharlarni eslatuvçi şunday mikrorayonlar Rossiyaning halokatli zarbalari ostida qoldi.






























