Davlat test markazi ma’lumotiga köra, şundan 39 962 nafari — davlat granti, 150 413 nafari — tölov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning ta’lim şakllari böyiça taqsimoti: kunduzgi ta’lim şakli — 118 352 nafar, sirtqi ta’lim şakli — 45 407 nafar, keçki ta’lim şakli — 9 139 nafar, masofaviy ta’lim şakli — 3 416 nafar.
Tanlov natijalariga köra: davlat granti asosida örtaça ball — 121,2 ballni, tölov-kontrakt asosida örtaça ball — 95,9 ballni taşkil etdi.
Şuningdek, 13 mingdan ziyod abituriyent qöşimça qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etildi.
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning: 176 mingdan ziyodi — umumiy qabul parametrlari doirasida, 13 mingdan ziyodi — imtiyozga ega abituriyentlar uçun ajratilgan qöşimça qabul parametrlari doirasida tavsiya etilgan.
Jumladan, nogironligi bölgan şaxslar — 3,2 ming nafar, «Mehribonlik» uyi, Bolalar şaharçasi bitiruvçilari bölgan hamda vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar — 272 nafar, muddatli harbiy xizmatni ötab, harbiy qism qömondonligi tavsiyanomasiga ega bölganlar — 4,7 ming nafar, harbiy xizmatçilar farzandlari — 1,9 ming nafar, içki işlar organlari amaldagi xodimlari farzandlari — 739 nafar, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar — 1,9 ming nafar, kamida 5 yil iş stajiga ega xotin-qizlar — 379 nafar.


















