Gruziya prezidenti Salome Zurabişvili 20 may kuni Rossiya bilan töğridan-töğri reyslarning tiklanişiga yana bir bor salbiy munosabat bildirdi va Rossiyaga parvozlarni boşlagan Georgian Airways aviakompaniyasini boykot qilişini aytdi.

«Men Georgian Airways kompaniyasiga boykot e’lon qilaman», dedi u brifingda va fuqarolarni ham boykotga qöşilişga çaqirdi.

Uning sözlariga köra, aviakompaniya faqat boyişdan manfaatdor va «aholining juda katta qismi uçun nomaqbul bölgan uşbu yangi voqelikdan foydalanmoqçi».

Zurabişvili bundan buyon aviakompaniya xizmatidan foydalanmasligini ta’kidladi.

«Prezident samolyoti uşbu aviakompaniyaning qölida ekan, undan foydalanişdan tiyilaman», dedi u.

10 may kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin öz farmoni bilan 2019 yil iyulidan beri amalda bölgan Gruziyaga parvozlarga qöyilgan çeklovlarni bekor qildi. Rossiya Transport vazirligi Rossiya aviakompaniyalari Moskva va Tbilisi örtasida haftasiga yetti marta parvoz qilişini ma’lum qildi.

19 may kuni Rossiya aviakompaniyasi samolyoti 2019 yildan beri birinçi marta Gruziyaga töğridan-töğri yölovçi reysini amalga oşirdi.

Gruziya prezidenti Rossiya bilan töğridan-töğri reyslarni qayta tiklaşga qarşi çiqdi va rossiyaliklar uçun vizalar joriy etişni taklif qildi.

AQŞ va Yevropa Ittifoqi, öz navbatida, Rossiya bilan havo qatnovi qayta tiklangan taqdirda Tbilisini sanksiyalar xavfi haqida ogohlantirdi.