Xitoy va Özbekistonnig diplomatik aloqalari
Xitoy Xalq Respublikasi Özbekiston mustaqilligini 1991 yil 27 dekabrda tan olgan. Diplomatik munosabatlar esa 1992 yil 2 yanvardan örnatilgan.
Şundan söng Özbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi örtasida:
- 2012 yil 6 iyunda strategik şeriklik;
- 2016 yil 22 iyunda keng qamrovli strategik şeriklik;
- 2022 yil 15 sentabrda yangi davrda keng qamrovli strategik şeriklik örnatildi.
Ikki davlat rahbarlarining uçraşuvi va taşriflari
1991 yildan buyon ikki davlat rahbarlari iştirokida 21 ta sammit bölib ötgan.
Özbekistonga Xitoy Xalq Respublikasi prezidentlari:
- Szyan Szemin 1996 yilda;
- Xu Tszintao 2004 va 2010 yillarda;
- Si Tszinpin 2013, 2016, 2022 yillarda taşrif buyurgan.
Özbekiston Respublikasi prezidenti 2017 yil 11-13 may kunlari Xitoyga davlat taşrifi bilan bordi.
Bundan taşqari bir neça yillardan beri ikki davlat örtasida parlamentlar va hukumatlararo turli doiradagi uçraşuvlar taşkil etib kelinadi.
Xitoydan özlaştirilgan sarmoya, kredit va grantlar
Ikki davlat örtasida 2011 yildan boşlab özaro savdoda eng qulay davlat rejimi örnatildi. Özlaştirilgan Xitoy sarmoyasi 2017-2022 yillarda 10,9 mlrd dollarni, şu jumladan, 2022 yilda 2,2 mlrd dollarni taşkil etdi.
Xitoy Eksimbanki, Xitoy Davlat taraqqiyot banki va Xitoy sanoat va tijorat banki orqali Özbekistonga berilgan kreditlarning umumiy portfeli 6,9 milliard dollardan oşadi.
2008-2022 yillarda 51 ta loyihani amalga oşiriş uçun Xitoy Xalq Respublikasi hukumatining 246,3 mln dollarlik, 2022 yilda esa 10,1 mln dollar miqdoridagi grantlari jalb etildi.
Şuningdek, Özbekistonda Xitoy sarmoyasi iştirokidagi 1763 ta korxona faoliyat yuritmoqda, şundan 275 tasi 2022 yilda taşkil etilgan.
Hamkorlikning huquqiy asoslari
Özbekiston Respublikasi va Xitoy örtasida jami 283 ta hujjat, jumladan: 113 ta davlatlararo va hukumatlararo xalqaro şartnomalar, 82 ta idoralararo va 88 ta boşqa turdagi hujjatlar imzolangan.

















