«Vagner» XHK asosçisi Yevgeniy Prigojin va RF mudofaa vazirligi Donetsk oblastining 2022 yil iyulidan buyon janglar ketayotgan Baxmut şahri egallangani haqida e’lon qildi. 20 may kuni Prigojin öz jangçilari bilan şaharning vayron bölgan kvartallari fonida turgani aks etgan videoni e’lon qildi. Bir neça soat ötib uning matbuot xizmati şaharning turli rayonlaridagi binolarda bayroqlar kötarilgani kadrlarini namoyiş etdi. Bir neça oydan buyon Prigojin bilan özaro ziddiyatda bölib kelayotgan RF mudofaa vazirligi 21 mayga ötar keçasi Artemovskning (Baxmutning sovetça nomi, Rossiya hukumati ham şaharni şu nom bilan ataydi) «ozod etiş» jarayoni yakunlangani haqida e’lon qildi.

Vazirlikning qayd etişiça, Baxmutni egallaşda «Vagner» şturm otryadlari, şuningdek Rossiya muntazam armiyasining «Janub» qöşinlari guruhi artilleriyasi va aviatsiyasi iştirok etgan. Prigojin öz nutqida şahar faqat uning yollanma jangçilari tomonidan şturm qilinganini ta’kidlagan: «Bu yerda [mudofaa vazirligi spikeri Igor] Konaşenkov aytganidek, havo-desant kuçlari yoki bizga yordam bera oladigan boşqa heç kim yöq edi. Biz özimizga özimiz yordam berdik».

«Vagner» öz nutqida RF harbiy rahbariyatini yana bir bor tanqid qilib, Baxmutda uning yollanma jangçilari «harbiylaşgan byurokratlar»ga qarşi ham kuraşganini qayd etgan. Uning sözlariga köra, mudofaa vaziri Sergey Şoygu va Boş ştab boşliği Valeriy Gerasimov «uruşni öz köngilxuşligiga aylantirgan şaxslardir». Vazirlik uning tanqidlariga javob qaytarmagan.

RF prezidenti Vladimir Putin yollanma jangçilar va rossiyalik harbiylarni şahar egallangani munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda Rossiya axborot agentliklari Kreml matbuot xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda. 21 may tongida Kreml saytida ham şunga öxşaş xabar paydo böldi. «Özini körsatganlarning barçasi davlat mukofotlariga taqdim etiladi», — deyiladi tarqatilgan bayonotda.

Ukrain harbiylari va mulozimlari Baxmut boy berilganini tasdiqlamagan. Xususan, Ukraina mudofaa vaziri örinbosari Anna Malyar telegram-kanalida Baxmutda «oğir janglar ketayotgani, vaziyat öta oğirligi» haqida yozdi.