Payşanba kuni «Nyukasl» qoldirilgan uçraşuvda «Brayton» mudofaasini yakson etdi (4:1) va kuçli törtlikdagi örnini saqlab qolib, «Liverpul»ning YeÇL yöllanmasi uçun imkoniyatlarini pasaytirib yubordi. Şanba kuni «MYu» «Bornmut» maydonidagi öyinni kuçli boşladi, Kazemiro esa çalqança uslubda tezkor gol urdi. Agar uning jamoadoşlarida ham vaziyatdan foydalaniş böyiça şunday samaradorlik bölganida hisob yirik körinişga kelgan bölardi.
Amalda esa «qizil iblislar» qator golli vaziyatlarni yöqqa çiqarişdi va bu ular uçun öyin oxirida qimmatga tuşişi mumkin edi. Ammo De Xea yakkama-yakka vaziyatda jamoasini qutqarib, Erik ten Hag jamoasini Çempionlar ligasiga yaqinlaştirdi, özi esa mavsumdagi «quruq» öyinlari sonini 17 taga yetkazib, «Oltin qölqop»ni yakka özi olişini tasdiqladi. Endi jamoa muddatidan oldin YeÇL yöllanmasini kafolatlaşi uçun «Old Trafford»da «Çelsi»ga qarşi öyinda yutqazmasligi kifoya.
Liverpul – Aston Villa 1:1
Gol: 0:1 – 27 Remzi, 1:1 – Firmino 89.
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Konate, Roberson (Tsimikas, 72), Henderson (Milner, 72), Fabino (Elliott, 81), Jons (Diogu Jota, 63), Saloh, Dias (Firmino, 72), Gakpo.
Aston Villa – Martines, Keş, Mingz, Konsa, Din (Moreno, 53; Buendia, 65), Makginn, Kamara, Duglas Luis (Dendonker, 87), Remzi, Beyli (Yang, 53), Uotkins (Duran, 87).
«Liverpul»ning «Aston Villa»ga qarşi uy öyini esa juda murakkab tus oldi. Hujumçilarning öyini çiqmadi, mudofaadagi kamçiliklar esa Konate Uotkinsni gazonga qulatişiga olib keldi. Mezbon jamoa muxlislari baxtiga, «nuqta»ga yaqinlaşgan jabrlanuvçi töpni xato yölladi. «Villa»ning uşbu forvardi öziga xos antirekordini yangiladi - u faoliyatida töqqiz bor 11 metrlik jarima zarbasini amalga oşirgan va şundan faqat törttasida gol ura olgan.
Mehmonlar öyindan gol urişi osonroq ekani ma’lum böldi va «Liverpul» futbolçilarining yana bir xatosidan keyin Duglas Luiz uzoq ustun tomon çopib kelgan Jyeykob Remsiga diagonal pas berişi bilan hisob oçildi. Şu kuni VAR qarorlari ham mezbonlarga qarşi böldi. Gakponing goli bekor qilinişi köp savol tuğdirmagan bölsa-da, birinçi bölimda Mings uşbu niderlandiyalik hujumçiga butsasining tişlari bilan taşlangan epizodda hakam faqat sariq kartoçka bilan çeklanişini köpçilik qabul qila olmadi. Jumladan, diskvalifikatsiya tufayli tribunada ötirib öyinni tomoşa qilgan Yurgen Klopp ham.
Mavzuga oid
Bunday öyinda mezbonlarni kim qutqarişi mumkin edi? Tabiiyki, şu kuni «Enfild» bilan xayrlaşgan Roberto Firmino. U Salohning qanotdan uzatmasiga a’lo darajada reaksiya qilib, oltin davrlarni muxlislarning yodiga soldi, van Deyk esa golni aynan braziliyalik hujumçining karate uslubida nişonladi.
Oldinda hali vaqt köp edi, arbitr ikkinçi bölimga roppa-rosa 10 daqiqa qöşib berdi, ammo «Liverpul» bundan ortiğiga erişa olmadi, endi mersisaydliklarga YeÇLga yöllanmaga ega çiqiş uçun faqat möjiza yordam beradi. «Enfild» şu kuni yana uç futbolçi - Aleks Oksleyd-Çemberlen, Jyeyms Milner va Nabi Keyta bilan ham xayrlaşdi.
«Mançester Siti» esa divanda ötirgan holda çempionga aylandi. «Arsenal» şunçaki ilojsiz ahvolda körindi deyiş qiyin. Aftidan, «kanonirlar»da şunçaki emotsiyalar tugab qoldi, şu bilan birga ularda endi möjiza tufayli çempion bölişga işonç ham yöq edi. Qolaversa, jamoaga zaxira örindiğida resurslar yetişmadi. «Nottinghem» esa öyin davomida töpga egalik qiliş böyiça 18 foizlik körsatkiç bilan ham öziga kerakli natijaga erişdi.
«Örmonçilar» ligada qoliş uçun kuraşayotgandi va buni astoydil uddalaşdi. Avvaliga hayot-mamot öyiniga aylangan trillerda «Sauthempton» mağlub etilib (4:3), çempionşipga yuborildi. Keyin «Çelsi» maydonidagi öyinda buriliş yasaldi (2:2), endi esa «Arsenal» mağlub etildi. Şanba kungi öyinda raqib hujumi vaqtida töp yöqotilişidan boşlangan qarşi hujumni gol bilan yakunlagan Avoniyi — jamoa muxlislari uçun haqiqiy supermen. U sönggi uç turda beşta gol urdi va uning gollari jamoaga APLda qolişni ta’minladi. Oçkolari sonini 37 taga yetkazgan «Nottinghem»ga endi «Lester», «Everton» va «Lids» yeta olmaydi - ligada qoliş uçun sönggi yöllanma uçun şu uç klub örtasida kuraş boradi.
«Arsenal» esa çempionlikni qöldan boy berib (jamoa mavsumni sovrinsiz yakunladi), APL antirekordini örnatdi. Mikel Arteta jamoasi 248 kun davomida turnir jadvalida peşqadamlik qilgandi. Angliya yuqori divizionida heç bir jamoa bunça uzoq vaqt yetakçilik qilib, yakunda çempionlikni boy bermagan.
La Ligada törtlik uçun kuraş «Jirona»ning töğridan töğri iştirokida keskinlaşdi. Bir tur oldin kataloniyaliklar «Real Sosedad» maydonidagi öyinda ikki töp farqini yöqqa çiqara olişgandi (2:2). Endi ular San-Sebastyan jamoasini ikki oçkolik farq bilan ta’qib qilayotgan «Vilyarreal» bosimiga doş bera olmadi. «Sariq submarinalar» öyinga qöşib berilgan törtinçi daqiqada ğalabani ilib ketişdi, bu öyinda yana Jyekson qahramon böldi. Ikki golga uzatma muallifi bölgan 21 yoşli senegallik — mavsum kaşfiyotlaridan biridir. Aprel oyi boşidan buyon u la liganing eng sermahsul futbolçisidir — 7 gol va 2 pas.
Barselona — Real Sosedad 1:2 Gollar: Levandovski (90) — Merino (5), Syorlot (72). Barselona – ter Stegen, Balde, Kristensen, Kunde (Alonso, 46), Alba, Buskets (Garsiya, 84), Kessie (Ferran Torres, 63), de Yong, Dembele (Torre, 86), Rafinya (Fati, 63), Levandovski. Real Sosedad – Remiro, Elustondo, Le Norman, Subeldiya (Paçeko, 81), Riko, Ilyarramendi (Gorosabel, 58), Merino, Subimendi, Barreneçea (Marin, 73), Syorlot (Fernandes, 81), Ço (Kubo, 58).
Ogohlantirişlar: Subeldiya (8), Ilyarramendi (37), Levandovski (53), Buskets (72), Alonso (79), Kubo (79), de Yong (85), Fernandes (85).
«Barselona» uçun oltin öyin medallarni olib kelgan ötgan tur öyinida «Espanol» kök-anorrangli atributli tomoşabinlarni stadioniga kiritmagandi. Şanba kuni esa «Kamp Nou»da «Barsa» muxlislari çempionlikni nişonlaşdi. Ammo heç qanday motivatsiyaga ega bölmagan mezbonlar safida Pedri, Gavi va Arauxoga dam berildi. «Real Sosedad»ga esa törtinçi örinni mustahkamlaş uçun oçko kerak edi, jamoa futbolçilari mezbonlarga çempionlik yölagi taşkillaştirişdan ortiq narsa berişga rozi emasdi.
Serlot va Merino 5-daqiqadayoq mezbonlar himoyasini doğda qoldirdi va «Barsa»ning la ligada quruq öyin ötkaziş böyiça rekordni yangilaşini keçiktirdi. Bu mehmonlar uçun tasodifiy muvaffaqiyat emasdi, basklar tanaffusgaça hisobni yiriklaştirişi ham mumkin edi, ammo Şo va Barreneçea qulay vaziyatlardan foydalana olmadi. Umuman, mehmonlar YeÇLga yöllanma beruvçi kuçli törtlikda qoliş va Kataloniya poytaxtida 24 mağlubiyatdan iborat dahşatli seriyaga barham beriş uçun barça işni qilişdi.
Bu ikki vazifa ham uddalandi, şu kuni tinib-tinçimagan Serlot ikkinçi bölim örtalarida «Barsa» darvozasiga ikkinçi golni urib, öyin taqdirini amalda hal böldi. Ikkinçi gol urilgan hujumda asosiy işni maydonning ikkinçi qismida töpni olib qöyib, hujumni boşlab bergan va hujum oxirida norvegiyalik hujumçini töp bilan ta’minlagan Subimendi bajardi. Bu nomerdan keyin Xavi nima uçun uşbu tayanç yarimhimoyaçisini top-futbolçi deb atayotgani va jamoani tark etayotgan Busketsga munosib örinbosar sifatida körayotgani barçaga tuşunarli böldi.
«Milan» hozirda inqirozda, ammo A Seriyani tark etib ulgurgan «Sampdoriya»ni yenga olmaslik darajasida çuqur inqirozda emas. Ötgan oyning eng yaxşi öyinçisi uçun mukofotni qabul qilib olgan Rafael Leau tezkor gol bilan hisobni oçdi. 40 yoşli Kualyarellaning javob goli esa faqat Jiru «quturişi»ga sabab böldi — u şu kuni het-trik rasmiylaştirdi. Uşbu fransuz oxirgi bor bunday sermahsul öyinni 2020 yil dekabrida ötkazgan, öşanda «Çelsi» safida u Çempionlar ligasi öyinida «Sevilya» darvozasiga poker qayd etgandi. Jamoadoşlari ham undan qolişmaslikka harakat qildi. Leau gol urdi, pas berdi va penalti işladi. Braim Diasda — ikki golli uzatma va bir gol.
Pioli şogirdlari hamon kuçli törtlikdan taşqarida va bu turdagi öyinini yakşanba kuni ötkazadigan «Latsio»dan bir oçkoga ortda. Lekin rossonerilar hamon Çempionlar ligasi uçun kuraşda qolmoqda. Qolaversa, «Yuventus» yana oçkolardan mahrum etilişi mumkin. Milanliklar keyingi turni aynan turinliklarga qarşi ötkazadi.
Germaniya: Çempionlar ligasiga faqat bitta vakansiya qoldi
«Borussiya»ning sobiq boş murabbiyi, Dortmunddagi faoliyatining birinçi yilidayoq javobi berilgan Marko Roze «asalarilar» jamoasiga çempionlik uçun umidni qaytardi. Töğri, öyinning birinçi bölimida bunga işora ham yöq edi. «Bavariya» «Leypsig»ni jarima maydoniga qamab qöydi va myunxenliklarning bu mavsumdagi eng yaxşi töpurari Gnabri hisobni oçdi. Bölim amaldagi çempionlar uçun ideal darajada yakunlanişi ham mumkin edi, ammo Koman qulay vaziyatda boş bilan aniq zarba bera olmadi.
Lekin barçasini omadsizlikka ağdariş ham töğri bölmaydi. Birinçi bölim davomida «hökizlar» jamoasida ham kuçli daqiqalar bölgandi va faqat Zommerning sa’y-harakatlari tufayli hisob tenglaşmay qolgandi. Ammo birinçi bölimda bölmagan iş ikkinçi bölimda böldi. Burçak zarbasidan keyin «Bavariya» qarşi hujumni ötkazib yubordi va bu hujumni Nkunkuning xato uzatmasi yöqqa çiqaray deganda Laymer töpga ega çiqib, töpni kuçli zarba bilan darvoza tösini ostidan darvoza töriga joylaştirdi.
Oldingi «Bavariya» bunday vaziyatda yana taşabbusni qölga olib, raqibni yançib taşlagan bölardi. Tomas Tuxel jamoasi esa, aksinça, öziga odat bölib qolganidek, bir muvaffaqiyatsizlikdan keyin öziga kela olmadi va yana gol ötkazib yubordi. Pavar jarima maydoniga kiriş joyida terma jamoadagi jamoadoşi Nkunkuni yiqitdi va jabrlanuvçining özi jarima zarbasini aniq ijro etib, «Alyans Arena»ni şokka tuşirdi. Yana bir 11 metrlik jarima zarbasidan keyin — uni Sobosloi aniq ijro etdi — «hökizlar» öz tarixida ilk bor Myunxendan ğalaba bilan qaytişiga şubha qolmadi.
«Leypsig» uçinçi örinni kafolatlab, keyingi mavsumda töğridan töğri Çempionlar ligasi guruh bosqiçida qatnaşadigan böldi. «Bavariya» esa ön yillik gegemonligiga barham berilişi arafasida turibdi, Dortmunddagilar bayramga tayyorlana boşladi. «Borussiya» uçun asosiysi — avvalgi mavsumlarda bölgani kabi raqib taqdim etgan imkoniyatni qöldan çiqarib yubormaslik. Dortmundliklar endi çempionlikka erişiş uçun keyingi ikki öyinda «Augsburg» va «Mayns»ni yengsa kifoya, «Bavariya»ning sönggi turda «Kyoln»ga qarşi öyini natijasi ahamiyatini yöqotadi.
Tuxel Nagelsman örniga tayinlanganida «Bavariya» Bundesligada peşqadamlikdan taşqari, YeÇL çorakfinalida va Germaniya kubogi yarimfinalida edi. Endi esa katta ehtimol bilan Myunxen klubi mavsumni sovrinsiz yakunlaydigan bölib turibdi.
Çempionlar ligasiga törtinçi yöllanmaga ega çiqiş uçun «Union» «Frayburg»ning juma kungi ğalabasidan keyin öz öyinida oçko olişi talab etilardi. Mahalliy fanatlarning fayyer-şousi tufayli boşlanişi keçikkan Zinşaymdagi öyin arafasida berlinliklar asosiy ta’qibçisi «Frayburg»ni faqat töplar nisbatiga köra ortda qoldirayotgandi. Ammo öyindagi mas’uliyat mehmonlarni bosim ostida qoldirdi.
Bebuning hisobni oçgan goli — mehmon futbolçilarining xatolari zanjiri natijasi böldi. Keyin «Hoffenhaym» penalti tepiş huquqiga ega böldi, mehmonlar faqat tanaffus arafasida öziga xos burçak töpidan javob goli urib, intrigani qaytarişdi. Intriga öyin oxiriga qadar saqlanib qoldi, öyin oxirida esa ikki jamoa jami uç gol urdi, mezbonlar töpurari Kramariç bundesligadagi gollari sonini 100 taga yetkazib qöydi. Endi «Union» sönggi turda «Verder»ni mağlub etişi talab etiladi. Bu holda «Frayburg» törtinçi öringa kötarilişi uçun safarda «Ayntraht»ni öta yirik hisobda yengişi talab etiladi.
Bir kun oldin «Lion»ga yutqazgan (1:3) «Monako»ni ta’qib qilib kelayotgan «Lill» monegaskliklarga ikki oçko masofada yaqinlaşib keldi. «Doglar» çempionatda hisobda oldinga çiqib olganida ustunlikni uşlab qoliş böyiça eng yaxşi natijaga ega jamoa ustidan irodali ğalabaga erişdi. Şanba kungi öyinda «Marsel» himoyasi 19-daqiqada Jigo jarohat olişi tufayli kuçsizlandi, u boşidan zarba olgaç, öyinni davom ettira olmadi.
Mehmonlar usiz ham hisobni oçişdi, ammo tanaffusdan keyin «Lill» öyinda buriliş yasay oldi. Bamba mavsumdagi 6-golini urib (unda 6 ta golli pas ham bor), jamoasi ğalabasini ta’minladi. Hisobni tenglaştiruvçi golni urgan Devid tarixga kirdi — «Lill» futbolçisi liga 1 öyinlarida urgan gollari sonini 50 taga yetkazişi sönggi bor 1981 yilda kuzatilgandi. Yozda kanadalik töpurarni uşlab qoliş oson bölmaydi, hozirça u jamoasini Yevropa Ligasi guruh bosqiçiga olib çiqiş uçun barça işni qilmoqda.
«Marsel» esa mavsum yakunlanişiga ikki tur qolganida peşqadam «PSJ»dan 8 oçkoga ortda qolmoqda va rasman çempionlik uçun imkoniyatni yöqotdi.
Kun statistikasi
La ligada «Almeriya» tarixidagi 1-het-trik braziliyalik Lazaro Vinisius tomonidan rasmiylaştirildi.
APL tarixida bir jamoa urgan gollari va ötkazib yuborgan gollari soni 60 tadan oşişi 2-bor kuzatildi. 15 yil muqaddam ham bunday natija «Tottenhem» tomonidan qayd etilgandi.
Qatorasiga uçinçi bor Angliya çempioniga aylangan «Mançester Siti» bu borada «Haddersfild», «Arsenal», «Liverpul» va «MYu»dan keyingi 5-jamoa böldi.
«Tottenhem» Keyn gol urgan öyinlarda 7 bor mağlub böldi. APLda bundan yomonroq vaziyat 2017/18 yilgi mavsumda kuzatilgandi, öşanda «Lester» asosiy töpurari Vardining gollariga qaramay töqqiz öyinda yutqazgandi.
APLning bu mavsumida «Brentford» 14 ğalabaga erişdi. «Qovoğarilar» jamoasi Angliyaning yuqori divizionida sönggi bor 1938/39 yillar mavsumida şunça öyinda ğalaba qozongandi.
Mançester klublari qölga kiritgan çempionliklar soni 29 taga yetdi. Şundan 20 tasi — «MYu»niki, töqqiztasi — «Siti»niki. Mankunianliklar bu borada Liverpul şahrini ortda qoldirdi, bu şahar vakillari bölgan «Everton» 9, «Liverpul» — 19 bor çempion bölgandi.
«Şalke» hujumçisi Teroddega «kobaltçilar»ning bundesligada şunday hisob yuritilişi boşlangan 2004/05 yillar mavsumidan buyon qayd etilgan eng tez golni urişi uçun 47 soniya yetarli böldi.
«Arsenal» APLda 248 kun davomida turnir jadvalini boşqardi. Bu yakunda sovrindan quruq qolgan jamoalar uçun maksimal davrdir.