22 may, duşanba kuni bölib ötişi rejalaştirilgan Yevropa Ittifoqi taşqi işlar vazirlarining uçraşuvi oldidan Avstriya taşqi işlar vaziri Aleksandr Şallenberg Germaniyaning Die Welt gazetasiga bergan intervyusida: "Rossiya uzoq yillar davomida tahdid bölib qoladi. Şuning uçun Ukrainaga Ğarb xavfsizlik kafolatlari kerak", dedi.
Şu bilan birga, Avstriya diplomatiyasi rahbari joriy ön yillik yakuniga qadar Rossiyada siyosiy rahbariyat özgarişi dargumon, degan fikrni bildirdi. "Rossiyadagi siyosiy tizim va siyosiy rahbariyat şu ön yillikning oxiriga qadar sezilarli darajada özgaradi deb öylamayman. Biz Rossiya bilan munosabatlarimiz eng muhim kapital: işonç yetişmasligi bilan yaşaşga majbur bölamiz", dedi u.
Şallenberg qöşimça qilişiça, uning bahosiga köra, "Ğarb, şu jumladan Ukraina" kelajakda Rossiya turli şartnomalarga rioya qilişiga tayana olmaydi.
Diplomatga köra, Ğarb Ukrainada harbiy jinoyat sodir etgan rossiyaliklarni javobgarlikka tortiş, şuningdek, “Rossiya siyosiy rahbariyatini harbiy jinoyatlar va bosqinçilik jinoyati uçun javobgarlikka tortişda” qat’iy bölişi kerak.

















