Germaniyada quyoş panellarini örnatiş xizmatini körsatadigan Bright Solar kompaniyasi egasi Zafar Safoyev BBC’ning özbek xizmatiga bergan intervyusida Özbekistonda aholi quyoş panellarini örnatişga majburlanayotgani haqida gapirib, qanday qilib quyoş energiyasini rivojlantirişga oid savolga javob berdi.

«Hozir hukumat aholi quyoş energiyasidan foydalanişini xohlayapti. Men bunday bölişini istamagan bölardim. Aholiga kiçik quyoş stansiyalarini quringlar va hammasini davlatga sotinglar, har bir kilovatt soatini 1000 sömdan olaman, degan bölardim. Bu qurilayotgan quyoş stansiyalari iqtisodiy jihatdan özini oqlaşiga olib keladi. Har qanday inson bir narsaga pul tiksa, bu pul foydali bölib qaytib kelişini xohlaydi. Agar köproq içki iste’molga bölsa, bu özini oqlamasligi mumkin», deydi u.

Zafar Safoyev birinçi navbatda aholini şu stansiyalar bilan taniştiriş kerakligini ta’kidladi.

«Panellar qança elektr energiyasini işlab çiqaryapti, qança sotyapti, bu özi foydalimi – buni tuşunişi kerak. Keyinçalik bu jarayonlar bilan iqtisodiyot rivojlansa, aholi sotib olayotgan elektr energiyasi 1000 sömdan qimmat bölişi ham mumkin. Keyin aholi “biz elektr energiyasi işlab çiqarib, 1000 sömdan sotyapmiz. Lekin tarmoqdan 3000-4000 sömdan olyapmiz. Içki iste’molga işlataylik şu energiyani, bu foydali ekan, yaxşi ekan”, desin. 2-3 yilda aholi quyoş elektr stansiyalari bilan tanişgan bölardi», deydi özbekistonlik elektrik.

Jurnalist uy xöjaliklari quyoş panellarini örnatsa, 3 yilga mulk va yer soliğidan, kompaniyalar esa 10 yilga ozod qilinişini ta’kidlab, yana qanday imtiyozlar beriş mumkinligi haqida söradi.

Safoyev hukumatning keyingi qiladigan işi bozorni şakllantiriş ekanini aytadi.

«Germaniyada, avvaliga, qurilgan quvvatga qarab pul berilgan. Oxirgi yillardan boşlab [uni örnatganlar] QQSdan ozod qilindi. Qayerga stansiya örnatilsa, öşa yer QQSdan ozod qilingan va 20 foizga arzonga tuşgan. Bu imtiyozlar yaxşi narsa deb öylayman.

Hukumatning keyingi qiladigan işlaridan biri – bozorni şakllantiriş. Bozorga işlab çiqaruvçilarni köproq olib keliş kerak. Tanlovni köpaytiriş kerak, bu sohada işlaydigan firmalar köpayişiga yordam beriş kerak.

Misol uçun, men hozir uyimga panel quraman desam, bir neçta firma talabgor bölib keladi. Özbekistonda esa ma’lum bir firma va kompaniyalar kelayotganini eşitdim. Bu faqat firmalar soni bilan emas, balki kadrlar yetişmovçiligi bilan ham boğliq.