Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FVV 3 viloyatda qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazadi
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi 3 viloyatda qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda vazirlik xabarida aytilgan.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 23-25 may kunlari Samarqand, Jizzax va Navoiy viloyatlarida favqulodda vaziyatlar davlat tizimi hududiy quyi tizimi boshqaruv organlari kuch va vositalari bilan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazilishi ko‘zda tutilmoqda.
Mazkur o‘quv mashqi o‘tkaziladigan hududda shartli yong‘in, avariya va evakuatsiya tadbirlari tashkil etilishi mo‘ljallangan.
«Tadbirlar vaqtida vahima qilmaslik, shuningdek, tadbirlarni ommaviy axborot vositalari (internet tarmoqlari) orqali noto‘g‘ri talqin qilib yoritmasliklarini so‘rab qolamiz», deyiladi FVV ma’lumotida.
Mavzuga oid
23:12 / 28.06.2026
Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarining bir qismida elektr ta’minoti qayta tiklandi
08:58 / 20.06.2026
Chirchiqdagi kanalda hushsiz holatdagi fuqaro qutqarildi
09:40 / 18.06.2026
Katta Chimyon tog‘ida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi o‘tkazildi
13:14 / 14.06.2026