Angliya: Gvardiola zaxiradagilarga imkon berdi

Mançester Siti – Çelsi 1:0
Gol: 1:0 – 12 Alvares.
Mançester Siti – Ortega, Lyuis, Uoker, Laport (Rodri, 78), Akanji (Stounz, 57), Serxio Gomes (de Bryuyne, 78), Fillips, Foden, Palmer, Mahrez (Holand, 74), Alvares.
Çelsi – Arrisabalaga, Aspilikueta, Tiago Silva, Çaloba, Fofana, Holl (Kulibali, 81), Loftus-Çik (Çukvuemeka, 81), Gallaher (Mudrik, 69), Fernandes, Haverts (Pulişiç, 85), Sterling (Madueke, 69).

Şanba kuni televizor qarşisida ötirib qatorasiga uçinçi çempionlikni nişonlagan «Mançester Siti» «Çelsi»ga qarşi öyinga ikkinçi tarkibni tuşirişga haqli edi. Gomes, Lyuis va Palmer boşlanğiç tarkibdan joy oldi. Lekin Xosep Gvardiolaning tizimi istalgan kombinatsiyada iş beradi. Ayniqsa, hujum markazida Alvares harakat qilganida - u startda tuşgan öyinlarining deyarli barçasida gol urgan.

Argentinalik hujumçi an’anasini davom ettirdi va  «Siti»ning bu mavsumda uy öyinlaridagi 100-golini öz hisobiga yozib qöydi. Şundan keyin ham «şaharliklar»da qator golli vaziyatlar böldi, «Çelsi» esa faqat bölim oxiriga borib öziga kela boşladi. Edersonning örinbosari Ortega yakkama-yakka vaziyatda özini körsatişiga töğri keldi, yana bir epizodda maydon egalarini darvoza ustuni goldan qutqardi. Ammo bu vaziyatlar tizimli emas, alohida futbolçilarning taşabbusi evaziga yuzaga keldi. Öyinning oxirgi qismida Holand, De Bryuyne, Rodri va Stounz kabi asosiy tarkib futbolçilari maydonga çiqib kelişganida esa, çempionlik bayramida oçko yöqotilmasligi ayon böldi. Gvardiola jamoasining londonliklarga qarşi quruq ğalabalardan iborat seriyasi esa, barça turnirlar qöşib hisoblanganida olti öyinga yetdi.

Ispaniya: «Atletiko» ikkinçi öringa çiqdi, «Real» va «Valensiya» öyini mojaro bilan tugadi

Atletiko – Osasuna 3:0 
Gollar: 1:0 – 44 Karrasko, 2:0 – 62 Saul, 3:0 – 82 Korrea.