21 may kuni Şveytsariyaning Jyeneva şahrida 194 mamlakat delegatlari — jami 3 ming nafarga yaqin mehmon jam böldi. Bu yerda Jahon soğliqni saqlaş assambleyasining 76-sessiyasi oçildi.

Iştirokçilarning asosiy qismi — soğliqni saqlaş vazirlari, yetakçi xalqaro taşkilotlar, korporatsiyalar va jamğarmalarning vakillari. Ular safida Özbekiston soğliqni saqlaş vaziri Amrillo Inoyatov boşçiligidagi delegatsiya ham bor.

«Qatnaşçi davlatlar geografiyasi rang-barang. Közlangan maqsad esa muştarak — insoniyat salomatligini saqlaş! Yiğiliş kun tartibidan sayyoramiz aholisi soğliği bilan boğliq qator global masalalar örin olgan. 

Xususan, tibbiyotning birlamçi böğinini isloh qiliş, yuqumli va yuqumli bölmagan kasalliklarning oldini oliş, onalar va bolalar salomatligi, sil xastaligi böyiça global strategiyalar, favqulodda vaziyatlarda köriladigan çoralar hamda sohadagi ilmiy tadqiqot va innovatsion yutuqlar muhokama etilişi belgilangan», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

Oçiliş marosimida dastlab sessiya prezidenti, beş nafar vitse-prezident va qömitalar raislari saylab olindi. Şundan söng yiğiliş kun tartibi tasdiqlandi.

Navbatda bir qator xalqaro taşkilotlar mas’ullari, soğliqni saqlaş vazirlari öz qutlov sözlarini yölladi. 

Söng BMT boş kotibi Antoniu Guterrişning onlayn videoma’ruzasi namoyiş etildi. Qolaversa, bir qator hukumatlar rahbarlari ham töğridan töğri translatsiya orqali öz fikr-mulohazalari hamda tabriklarini yölladi. 

Şundan keyin Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti boş direktori Tedros Gebreyyesus sözga çiqib, sönggi yillarda insoniyat salomatligi va hayotini jiddiy xavf ostida qoldirgan koronavirus pandemiyasi, maymun çeçagi (mpox), vabo epidemiyalari hamda boşqa xastaliklarni bartaraf etiş yölidagi sa’y-harakatlar haqida töxtaldi.

BMTning Jyenevadagi qarorgohida bölib ötayotgan uşbu yiğilişning asosiy muhokamalari 30 maygaça davom etadi.

Şuningdek, sessiya doirasida soğliqni saqlaş sohasi böyiça amalga oşirilayotgan işlar hamda istiqboldagi rejalar böyiça davra suhbatlari ötkazilişi rejalaştirilgan.