Aprel oyida Özbekiston Xitoyga 40,47 million dollarlik tabiiy gaz yetkazib bergan. Bu haqda Spot Xitoy Xalq Respublikasi bojxona boş boşqarmasi ma’lumotiga tayanib xabar qilmoqda.
Yil boşidan buyon Xitoy statistikasi Özbekiston kök yonilği importini birinçi bor qayd etdi. Yanvar-mart oylarida yetkazib beriş amalga oşirilmagan.
Qozoğiston ham aprel oyida Xitoyga gaz beriş hajmini oşirdi. Oylik daromad birinçi çorakdagi 29,9 million dollarga nisbatan 119,5 million dollarni taşkil etdi. Fevral oyida yetkazib beriş minimal darajaga tuşdi - 778 ming dollar.
Turkmaniston Xitoy bozoriga gaz eksporti böyiça yetakçiga aylandi, mamlakat yil boşidan buyon buning uçun 3,42 milliard dollar olgan bölsa, ikkinçi örinda sezilarli farq bilan Rossiya boryapti – 1,76 milliard dollar.
2022 yilda Özbekiston Xitoyga gaz yetkazib berişdan 1,07 milliard dollar oldi, bu Qozoğistondan biroz kamroq. Ötgan yilga nisbatan daromad taxminan uçdan bir qismga oşdi.
Statistika idorasi ma’lumotlariga köra, 11 oy içida Özbekiston Xitoyga 910,9 million dollarlik gaz yetkazib bergan. Şu bilan birga, Xitoy bojxona ma’lumotlari bilan özaro tafovut 120 million dollarni taşkil etgan. Bu Xitoy Turkmaniston gazining tranziti uçun tölovni amalga oşirgani bilan izohlangan.
Dekabr oyida «Öztransgaz» rahbari kök yonilği eksporti töliq töxtatilganini ma’lum qilgan edi. Gaz qiş mavsumida içki iste’molçilarga yönaltirildi.

















